Oliy Liga, 18-tur: «Buxoro» safarda «Navbahor»ni mag`lub etdi

14.09.2013

Oliy Liga, 18-tur: «Buxoro» safarda «Navbahor»ni mag`lub etdi

O`zbekiston Oliy Ligasi 18-turida Namanganning «Navbahor» jamoasi o`z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi.

Kosonsoyda bo`lib o`tgan bahs 3:2 hisobid mehmonlar – «Buxoro» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etdi.

O`yinda hisob uchrashuvning eng yaxshi o`yinchilaridan biri – Vohid Shodiev tomonidan 8-daqiqada ochildi. 19-daqiqaga kelib hisob esa «Buxoro» foydasiga 2:1 ko`rinishiga keldi. Avvaliga, 14-daqiqada «Navbahor» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov hisobni tenglashtirgan bo`lsa, oradan besh daqiqa o`tar-o`tmas, «Buxoro» hujumchisi Bahodir Pardaev jamoasini yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuv ikkinchi bo`limida jamoalar yana bir martadan o`zaro gol almashishdi. Avvaliga, zaxiradan maydonga tushganiga hali besh daqiqa ham bo`lmagan «Navbahor» hujumchisi Oyatullo Muhiddinov hisobni tenglashtirgan bo`lsa, 71-daqiqada Vohid Shodiev dublni rasmiylashtirdi va jamoasining safardan uch ochko bilan qaytishini ta`minladi.

Kosonsoydagi muvaffaqiyat «Buxoro» uchun mavsumdagi ikkinchi safar g`alabasi bo`ldi. Bungacha Tachmurad Agamuradov shogirdlari 10-turda «Sho`rtan»ni G`uzorda mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lishgan edi. Mavsumdagi to`qqizinchi g`alabasidan so`ng «Buxoro» musobaqa jadvalida 5-6-o`rinlarni «Metallurg» bilan bo`lishib turibdi.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvi
14 sentyabr, shanba
«Navbahor» (Namangan) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:3. 2122 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
«Navbahor»: 78. Pavel Leus, 6. Leonid Koshelev (44. Oyatullo Muhiddinov, 63), 8. Azim Ahmedov (99. Ayubxon G`apparov, 75), 13. Temur Sultonov, 20. G`ayrat Jo`raev, 21. A`zam Aliev, 22. Ro`zimboy Ahmedov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 31. Rustam A`zamov, 32. Jahongir Mehmonov, 45. Aleksandr Lupashko.
Zaxirada qolganlar: 12. Islom Jo`raev, 3. Botir To`raboev, 10. Akram Bahriddinov, 17. Sohib Abdullaev, 19. Durbek Umaraliev.
«Buxoro»: 20. Sardor Qobuljonov, 2. Naoya Shibamura, 4. Devid Oniya, 10. Alisher Sanaev, 14. Vohid Shodiev, 17. Otabek Narzullaev, 21. Bahriddin Vahobov (85. Ilya Ilin, 82), 50. Yuriy Rijko, 88. Bahodir Pardaev, 89. Abduqahhor Hojiakbarov, 90. Vladimir Kilikevich (23. Alisher Azizov, 72).
Zaxirada qolganlar: 30. Botir Nosirov, 7. Aleksey Nikolaev, 8. Alisher Mahmudov, 11. Otabek Valijonov, 44. Nodir Jo`raev.
Gollar: R. Ahmedov (14), O. Muhiddinov (68) – V. Shodiev (8, 71), B. Pardaev (19).
Ogohlantirishlar: V. Shodiev (7), V. Kilikevich (50), B. Vahobov (barchasi - «Buxoro», 80).
Eng yaxshi o`yinchilar: L. Koshelev – V. Shodiev.

Uchrashuvdan so`ng
Mustafa Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi:
«Nima xam deya olardim?! Muhim bo`lgan uchrashuvda imkoniyatni boy berdik. Himoyadagi qo`pol xatolar va darvozabonning ishonchni oqlay olmasligi mag`lubiyatga sabab bo`ldi. Hujumchilarimiz ikki bor hisobni tenglashtirishgan bo`lsa-da, yakunda so`nggi chiziqdagi xatolar imkoniyatni boy berishimizga sabab bo`ldi. Akram Bahriddinov jarohat olganligi bois bir necha kun mashg`ulotlarda ishtirok eta olmadi. Kecha uni yoshlar tarkibida sinab ko`rdik. Timur Yafarov esa tomog`i og`riyotganligi bois maydonga tusha olmadi. Ikkinchi bo`limda ustunlikka erishsak-da, raqib darvozasiga kerakli gollarni ura olmadik. Mehmonlar esa qarshi hujumlardan samarali foydalanib, g`alabani ilib ketishdi».

Tachmurod Agamuradov, «Buxoro» bosh murabbiyi: «Bugun muxlislar sermahsul o`yinga guvoh bo`lishdi. Shu bilan birgalikda keskinlik ham yuqori notada bo`ldi. Keskinlik esa so`nggi soniyalargacha saqlanib turganligini ham e`tirof etish joiz. Tushunarsiz tarzda o`tkazib yuborilgan gol futbolchilarimizning ruhiyatiga ta`sir ko`rsatdi. Hozir ushbu vaziyatda kim haq yoki nohaq edi deb muhokama qilmoqchi emasman. Futbolchilarimiz oxirigacha hushyor holda o`ynashlari, raqib futbolchilari esa halol o`yin ko`rsatishlari kerak edi. Albatta, g`alaba qozonganimizdan xursandman. Jamoamiz uchun uch ochko juda muhim edi. Yigitlar uchrashuvga jiddiy tarzda shaylanganliklarini ko`rsatishdi. Tartibli o`yin va o`z imkoniyatlaridan to`liq tarzda foydalanishlari samarasi o`laroq g`alabani tantana qildik».

Xabar «Navbahor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib