Oliy Liga, 18-tur: «Dinamo» «So`g`diyona» bilan durang o`ynadi

14.09.2013

Oliy Liga, 18-tur: «Dinamo» «So`g`diyona» bilan durang o`ynadi

Oliy Liga 18-turida Samarqandning «Dinamo» jamoasi o`z maydonida Jizzaxning «So`g`diyona» klubini qabul qildi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 32-daqiqada maydon egalari o`yinchisi Farrux Shotursunov tomonidan ochildi. O`yinning 61-daqiqasida «So`g`diyona» vakili Suhrob Berdiev tomonidan urilgan gol «So`g`diyona»ga bir ochko keltirdi.

Ushbu natijadan so`ng «Dinamo» 17 ochko bilan 11-o`rinda, «So`g`diyona» esa 18 ochko bilan 10-o`rinda bormoqda.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvi
14 sentyabr, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 1:1. 3567 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Dinamo»: 1.Igor Mixaylov, 6.Akmal Bozorov (24.Temur Dadashev, 63), 10.To`lqin Mirzaev (17. Abdulla Nabiev, 69), 12.San`at Shixov, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Sirojiddin Sayfiev, 26.Komil Sharofutdinov, 48.Ildar Mamatkazin, 55.Avaz Agaliev, 70.Farrux Shotursunov (22.Firdavs Abdusalimov, 77), 72.Alisher Samatov,
Zaxirada qolganlar: 27. Andrey Melnichuk, 4.Oybek Nurboev, 77.Omadjon Toyloqov, 94.Azamat Abdullaev.
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 3.Ilhom Komilov, 5.Ilyos Qurbonov, 6.Murodjon Toshmatov, 7.Rasul Hayitov, 18.Suhrob Berdiev (2.Javodullo Ibrohimov, 90), 19.Siroj Hamroev, 22.Orif Mamajonov, 24.Elyor Oripov, 41.Ayubxon No`monov, 42,Ma`ruf Murodov (23.Bobur Qosimov, 80).
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 4.Asiljon Begimqulov, 10.Zafar Narziqulov, 17.Sanjar Rashidov, 21.Akmal Abdurahmonov.
Gollar: F. Shotursunov (32) – S. Berdiev (61).
Ogohlantirishlar: S. Sayfiev (14), I. Mamatkazin (17), A. Samatov (54) – R. Hayitov (7), A. No``monov (45), S. Berdiev (70).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Shixov – S. Berdiev.

Uchrashuvdan so`ng
Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi:
«Umuman olganda, uchrashuvda qayd etilgan hisobdan ham, jamoa ko`rsatgan o`yindan ham qoniqdim, desam bo`ladi. Barcha bizdan nega safar o`yinlaridan ochko bilan qayta olmaysizlar deb so`rardi, mana nihoyat bu seriyaga ham barham berdik. Samarqanddan durang natija bilan qaytish yaxshi natija. Chunki biz asosiy raqiblarimizdan bir ochko tortib olish bilan birga, ularni ikki ochkodan mahrum etdik. Ammo bu bir ochko bilan biz vazifani bajarib bo`ldik, demoqchi emasman. Oldinda muhim o`yinlar turibdi. Ligada qolish uchun barcha jamoaning imkoniyati bor va o`sha klublarning imkoniyatlarini 50/50 deb baholagan bo`lardim».

Ravshan Xaydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Bugun natijadan qoniqmaganimdek, jamoam o`yinidan ham qoniqmadim. Ko`rdingiz, maydonda shiddatli, hujumkor ruhda o`yin kechdi. Ancha tomoshobop o`yin namoyish etayotgan bo`lsak-da, raqiblar qarshi hujumlarda bizni jazolab, natija bilan qaytishmoqda. Qolaversa, bugun markaziy yarim himoyamizdagi muammolar ko`rinib qoldi. Azamat Bobojonovning diskvalifikatsiyasi sabab, Ildar Magdievning esa «Nasaf» bilan o`rtoqlik uchrashuvda jarohat olishi natijasida, o`yinimizda uzilish kuzatildi. Yaqqol vaziyatlarda ham to`pni darvozaga yo`llab qo`yishning imkoni topilmagani esa omadsizlik deb o`ylayman. Nima bo`lganda ham xatolar ustida ishlab, keyingi muhim o`yinlarga tayyorgarlik ko`ramiz».

Xabar «Dinamo» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib