Oliy Liga, 18-tur: Maxaradzening yagona goli «Paxtakor»ga g`alaba keltirdi

14.09.2013

Oliy Liga, 18-tur: Maxaradzening yagona goli «Paxtakor»ga g`alaba keltirdi

Oliy Liga 18-turida «Paxtakor» o`z maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi.

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida 14 sentyabr, shanba kuni bo`lib o`tgan o`yinda Murod Ismoilov shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

O`yindagi yagona gol 38-daqiqada «Paxtakor»ning gruziyalik yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze hisobiga yozildi.

Ushbu g`alabadan so`ng to`rtinchi o`rinda borayotgan «Paxtakor» uchinchi o`rindagi «Nasaf» bilan oradagi farqni etti ochkogacha, musobaqa peshqadamlari – «Bunyodkor» va «Lokomotiv» bilan farqni sakkiz ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo`ldi.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvi
14 sentyabr, shanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 1:0. 1625 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), R. Shoyahmetov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
«Paxtakor»: Lobanov, Miladinovich, Ismatullaev, Xolmuhammedov, Maxaradze, Oganesyan (Abduxoliqov, 63), Iskandarov, Sergeev (Andreev, 90+2), Merzlyakov, Kozak, Qilichev (Soliev, 46).
Zaxirada qolganlar: Nikita Ribkin, Sherzod Karimov, Dilshod Sharofetdinov, Abbos Maxsitaliev.
«Qizilqum»: Jabborov, Haydarov, Qambarov, Xolmatov, Akmal Xoliqov, Shohnazarov (Usmonov, 77), Boymatov, Muhiddinov, Rustamov, Sanaev (Olimov, 59), To`raev (Yo`ldoshev, 75).
Zaxirada qolganlar: Artyom Makosin, Alisher Xoliqov, Sherzod Fayzullaev, Jalil Kimsanov.
Gol: K. Maxaradze (38).
Ogohlantirishlar: O. Qilichev (25), B. Miladinovich (72), K. Maxaradze (90+3) – E. Boymatov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. Maxaradze – E. Jabborov.

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi:
«Bugun raqibimizning himoyada harakat qilishini bilgan holda maydonga tushgandik. O`yin davomida mehmonlar darvozasini ishg`ol qilish uchun bir necha qulay imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ularning faqat bittasidan unumli foydalanish nasib qildi. Bu borada ko`rsatkichlarni yaxshilashimiz shart. Keyingi o`yinlar arafasida shunga e`tibor qaratamiz».

Yuriy Lukin, «Qizilqum» bosh murabbiyi: «Himoyada bexato o`ynashni mo`ljallagandik. Birinchi taymda ilk va 38-daqiqada qo`pol xatoga yo`l qo`ydik. Ikkinchi bo`limda esa qanotlardan yorib kirish orqali mezbonlar keskin vaziyatlarni sodir etishdi. Jamoamizga ozgina vaqt kerak. Mahorat etishmayotganini ham inkor etmayman. Oliy ligada o`rnimizni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashamiz».

Xabar «Paxtakor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib