Oliy Liga, 18-tur: «Neftchi» «Olmaliq»ni yirik hisobda mag`lub etdi

14.09.2013

Oliy Liga, 18-tur: «Neftchi» «Olmaliq»ni yirik hisobda mag`lub etdi

Oliy Liga 18-turida Farg`onaning «Neftchi» jamoasi o`z maydonida «Olmaliq»ni qabul qildi. Qirgulidagi «Neftchi SK» stadionida bo`lib o`tgan bahs 4:0 hisobida farg`onalik futbolchilar foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada «Neftchi» yarim himoyachisi G`ulom O`runov tomonidan ochildi. Petkovich jarima maydonchasi yaqinida Mansur Saidovni chalib yiqitgach, belgilangan jarima to`pini G`ulom O`runov ijro etib, hisobni ochdi. Oradan 17 daqiqa o`tib – 33-daqiqada Sardor Mirzaev tomonidan oshirilgan to`pni Otaqo`ziev boshi bilan darvozaga yo`llab, hisobni oshirdi.

«Neftchi» ikkinchi bo`limda ham «Olmaliq» darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi. Dastlab, zaxiradan maydonga tushgan Mirzakamol Kamolov 80-daqiqada jamoadoshi Iqbol Akramov tomonidan oshirilgan to`pni darvozaga aniq yo`llab, hisobni yirik ko`rinishga olib kelgan bo`lsa, so`nggi daqiqada Sardor Mirzaev hisobni 4:0ga etkazdi.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvi
14 sentyabr, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 4:0. 4602 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
«Neftchi»: 51. G`ayrat Hasanov. 3. Shukurali Po`latov. 7. Mansur Saidov (71. Mirzakamol Kamolov, 73). 17. Sardor Mirzaev. 20. Dilyorbek Ermatov. 22. Iqbol Akramov. 23. Sanjar Asqaraliev. 27. G`ayrat Jumaev. 44. Shavkat Nasibullaev. 47. G`ulom O`runov (49. Pavel Smolyachenko, 63). 50. Nosir Otaqo`ziev (11. Otabek Isroilov, 46).
Zaxirada qolganlar: 42. Hislat Chilmatov. 5. Iqbol Boboxonov. 30. Otabek Zokirov. 99. Zayniddin Tojiev.
«Olmaliq»: 16. U. Xominqulov. 7. D. Abdurahmonov. 9. Z. Polvonov. 11. Z. Pirimov (3. A. Isroilov 56). 13. I. Petkovich. 20. D. Stanoevich. 23. Sh. Jo`raev (22. S. Shoahmedov 46). 24. D. Turopov (12. Sh. Mirzaev 71). 50. G. Kvesisshvili. 55. O. Jo`raboev. 88. D. Abibullaev.
Zaxirada qolganlar: 1. M. Shomurodov. 17. M. Abdullaev. 26. E. Mamasoliev.
Gollar: G`. O`runov (16), N. Otaqo`ziev (32), M. Kamolov (80), S. Mirzaev (89).
Ogohlantirishlar: Sh. Po`latov (42) – G. Kvesieshvili (15), O. Jo`raboev (90+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: G`. Hasanov – D. Abibullaev.

Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi:
«Avvalo, «Neftchi» muxlislarini ajoyib g`alaba bilan tabriklayman. Biz bu o`yinga katta yo`qotishlar bilan keldik. Jamamdagi olti nafar futbolchida jarohat bor. Bugun shuning uchun 17 kishini zayavkaga kiritdim. Ikkinchi bo`limda maydonga tushgan Shoahmedov endigina jarohatidan qutuldi. O`ylaymanki, keyingi o`yinlarda barchasi yaxshi bo`lib ketadi».

Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi: «Bugun shogirdlarim yaxshi o`yin namoyish etishdi. Eng asosiysi sekin astalik bilan vaziyatlardan foydalanish foizini oshirib boryapmiz. Bugungi bahsda biz imkoniyatlardan to`liq foydalandik. «Olmaliq» esa.. Har bir futbolchiga o`yin amaliyoti berish maqsadida ularni imkon qadar maydonga tushirmoqdaman. Masalan, bugun G`ulom O`runov va Nosir Otaqo`zievlar asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Tojiev esa jarohat borligi sabab zaxirada qoldirildi. Mansur Saidov borasida shuni aytishim mumkinki, unga dam berishga qaror qildik. Boisi oldinda bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi».

Xabar «Neftchi» matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib