O`zbekiston Yoshlar Birinchiligi 18-turning ochilish o`yinida «Nasaf» safarda «Lokomotiv»ni 4:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va musobaqa jadvalida «temiryo`lchilar»ga etib oldi.
Jamoalar hisobida ayni vaqtda 34tadan ochko bor va ular uchinchi-to`rtinchi o`rinlarni o`zaro bo`lishib turishibdi.
Qarshiliklar hujumchisi Obid Mamatov «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuv davomida dublni rasmiylashtirib, musobaqadagi gollari sonini 11ta etkazdi va endi to`purarlar poygasida yakkapeshqadam bo`lib turibdi.
Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 13 sentyabr, juma kuni o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 18-tur uchrashuvi
12 sentyabr, payshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:4. 56 tomoshabin.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent), O. Abduvasilov, M. Karimov, D. Saylalov.
Inspektor: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: S. Usmonxo`jaev (59), U. Ernazarov (90+3) – S. Baratov (11, 58, penalti), O. Mamatov (84, 89, ikkisi ham – penalti).
Ogohlantirishlar: A. Po`latov (55), B. Yuldashev (57) – T. Abdurazzoqov (49).
Chetlatishlar: S. Rahmonov («Lokomotiv», 70), B. Yuldashev (ikkinchi ogohlantirish, 88).