Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

06.09.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Oliy Liga, Yoshlar Birinchiligi va O`zbekiston Birinchiligiga doir quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga
«Nasaf»ga qarshi 14-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibiga oyog`i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Guliston» himoyachisi Tohirjon Shamshitdinov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Paxtakor»ga qarshi 17-tur uchrashuvida zaxira hakami sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Guliston» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jarimaga tortildi. Shunday holat yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.

«Guliston»ga qarshi 17-tur uchrashuvida hakamning birinchi yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» jamoasi boshlig`i Viktor Jalilov jarimaga tortildi. Shunday holat yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.

Yoshlar Birinchiligi
«Nasaf»ga qarshi 15-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi Azizbek Usmonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Guliston»ga qarshi 15-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» himoyachisi Botirjon Karimjonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

O`zbekiston Birinchiligi
«Oqtepa»ga qarshi 2-bosqich 2-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» yarim himoyachisi Xolmurod Xolmurodov 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Registon»ga qarshi 2-bosqich 3-tur uchrashuvida jamoadoshi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» hujumchisi Ilhom Telyakov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Oqtepa»ga qarshi 2-bosqich 4-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Orol» himoyachisi Azamat Qurbonov 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Chust-Paxtakor»ga qarshi 2-bosqich 4-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Registon» hujumchisi Jonimbek Qoraev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib