Oliy Liga 16-tur doirasidagi «So`g`diyona» (Jizzax) – «Qizilqum» (Zarafshon) uchrashuvida bosh hakamlik qilgan Murod Muhamedovga nisbatan chora ko`rildi.
Oliy Liga 16-tur o`yinlari doirasida 17 avgust, shanba kuni bo`lib o`tgan «So`g`diyona» (Jizzax) – «Qizilqum» (Zarafshon) o`yinida bosh hakam Murod Muhamedovning harakatlari qoniqarsiz bahoga loyiq topildi.
Ushbu holat bo`yicha 19 avgustda O`FF Hakamlar va nazoratchilar qo`mitasining navbatdan tashqari majlisi bo`lib o`tdi. Majlis yakuniga ko`ra, «Hakamlarning tartib-intizom Kodeksi» 2.3-bandiga asosan, Murod Muhamedovni olti turga chetlatish to`g`risida qaror qabul qilindi.