Oliy Liga, 17-tur: «Nasaf» «Lokomotiv»dan o`zib ketdi

26.08.2013

Oliy Liga, 17-tur: «Nasaf» «Lokomotiv»dan o`zib ketdi

Oliy Liga 17-turida «Nasaf» o`z maydonida Jizzaxning «So`g`diyona» klubini qabul qildi.

Qarshidagi «Markaziy» stadionida kechgan bahs 4:2 hisobida Ro`ziqul Berdiev shogirdlari g`alabasi bilan yakuniga etdi. Qayd etish joiz, jami olti gol kiritilgan o`yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida «So`g`diyona» etakchilaridan biri Renat Bayramov hisobni penaltidan ochdi. Oradan 10-daqiqa o`tar-o`tmas Artur Gevorkyan penaltidan hisobni tenglashtirdi. Umuman, «Nasaf» etakchisi ikkinchi bo`limda ham penaltidan gol urishga muvaffaq bo`ldi. Bu orada «Nasaf»dan Ilhom Yunusov va Shuhrat Muhammadiev, «So`g`diyona»dan esa Suhrob Berdiev bir martadan gol urishga muvaffaq bo`ldi.

18-turda «Nasaf» safarda «Lokomotiv» mehmoni bo`ladi, «So`g`diyona» esa «Dinamo» uyiga safar qiladi. Toshkentdagi o`yin 13 sentyabr kuni o`tkazilsa, Samarqanddagi bahs 14 sentyabrga belgilangan.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvi
26 avgust, dushanba
«Nasaf» (Qarshi) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 4:2. 3021 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), V. Lushin (Guliston), S. Shoyusupov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi:
I. Mustafin (Toshkent).
Komissar: V. Lyotkin.
«Nasaf»: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatilla Berdimurodov, 4. Maqsud Karimov, 9. Ilhom Shomurodov (88. Samandar Shodmonov, 54), 15. Zohid Abdullaev, 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev (23. Sherzod A`zamov, 85), 33. Odil Hamrobekov, 77. Suhrob Ne`matov (14. Laziz Ubaydullaev, 69)
Zaxirada qolganlar: 25. Eldorbek Suyunov, 5. Botir Qoraev, 32. Hamza Karimov, 41. Azamat Allaniyazov.
«So`g`diyona»: 1. Aleksandr Melenchuk (s), 2. Javodulla Ibragimov (21. Akmal Abdurahmonov, 60), 5. Ilyos Qurbonov, 6. Murodjon Toshmatov, 10. Zafar Narziqulov, 14. Renat Bayramov (23. Bobir Qosimov, 67), 18. Suhrob Berdiev, 19. Siroj Hamroev, 24. Elyor Oripov, 42. Ma`rufjon Murodov.
Zaxirada qolganlar: 16. Shirinboy Abdullaev, 3. Ilhom Komilov, 4. Asiljon Begimqulov, 17. Sanjar Rashidov, 41. Ayubxon No``monov.
Gollar: A. Gevorkyan (24, 77, ikkisi ham – penaltidan), I. Yunusov (30), Sh. Muhammadiev (51) – R. Bayramov (13, penalti), S. Berdiev (56).
Ogohlantirish: O. Hamrobekov («Nasaf», 74).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Gevorkyan – I. Qurbonov.

Uchrashuvdan so`ng
Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi:
«Bugun shogirdlarim ko`rsatgan o`yindan qoniqdim. «Nasaf» oliy ligadagi etakchi jamoalardan biri. Ularga qarshi o`ynash oson bo`lmasligini bilardik. Dastlab hisobni ochsakda, uni saqlab qolishga erisholmadik. Qarshiliklarning qanotlardan uyushtirgan hujumlari ancha xavfli bo`ldi. Shuhrat Muhammadiev o`zini ijobiy tomonlarini ko`rsata oldi. Albatta, mag`lub bo`lish hech kimga yoqmaydi. Biz faqat uyda ochko jamg`arayapmiz, safarda esa omadimiz kelmayapti».

Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Bugun biz uchun og`ir o`yin bo`ldi. «Paxtakor»ga qarshi kechgan og`ir o`yindan keyin yigitlar tiklanishlari qiyin kechdi. Shu sababli kam o`yin amaliyotiga ega bo`lgan futbolchilarimizga imkon berdik. Ular birdan jamoaga kirishib ketishlari qiyin kechdi. Shunga qaramay uch ochkoni qo`lga kiritdik. 26 kun ichida 6 ta muhim va qiyin bellashuvni o`tkazdik. O`ylaymanki, turlar oralig`idagi tanaffusda jamoamiz har tomonlama o`zini tiklab olishga ulguradi».

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib