Oliy Liga 17-tur uchrashuvlaridan so`ng «Bunyodkor» musobaqa peshqadamligini qaytarib oldi.
26 avgust, dushanba kuni Toshkentning «Bunyodkor» klubi «Paxtakor» markaziy stadionida Farg`onaning «Neftchi» jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahs 1:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yindagi yagona gol 8-daqiqada «Bunyodkor» yarim himoyachisi Jasur Hasanov tomonidan penaltidan kiritildi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 41taga etkazib, musobaqa jadvalida peshqadam bo`lib oldi. Jamoa 17-turda «Qizilqum»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan «Lokomotiv»ning qoqilishidan unumli foydalanib qoldi.
18-turda «Bunyodkor» safarda «Sho`rtan»ga qarshi to`p suradi, «Neftchi» esa o`z maydonida «Olmaliq»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 14 sentyabr, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga, 17-tur uchrashuvi
26 avgust, dushanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:0. 3120 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), N. Ro`zimov (Toshkent), Sh. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Komissar: F. Magametov.
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G`ofurov, 7.Marko Blajich (5. Dilshod Jo`raev 63), 8.Javlon Ibrohimov, 13.Lutfulla To`raev, 16.Artyom Filiposyan, 19.Jasur Hasanov, 29.Anvar Berdiev, 33.Oleg Zoteev (21. Sardor Rashidov 58)
Zaxirada qolganlar: 45.Akbar To`raev, 9. Igor Taran, 11. Aleksandr Pishur, 14. Alibobo Rahmatullaev, 23. Sahob Jo`raev
«Neftchi»: 51. G`ayrat Hasanov, 3. Shukurali Po`latov, 7. Mansur Saidov, 17. Sardor Mirzaev, 22. Iqbol Akromov (50. Nosir Otaqo`ziev 84), 23. Sanjar Asqaraliev, 27. G`ayrat Jumaev, 44. Shavkat Nasibullaev, 52. Vyacheslav Ponomaryov, 71. Mirzakamol Kamolov (47. G`ulom O`runov 65), 99. Zayniddin Tojiev (11. Otabek Isroilov 68)
Zaxirada qolganlar: 21. Farrux Turdialiev, 5. Iqbol Boboxonov, 43. Abdumajid Toirov, 49. Pavel Smolyachenko.
Gol: J. Hasanov (8, penalti).
Ogohlantirishlar: A. G`ofurov (31), X. Karimov (39), A. Pishur (52), M. Blajich (56) – Z. Tojiev (39), V. Ponamaryov (82), O. Isroilov (90+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: J. Hasanov – M. Saidov.
Uchrashuvdan so`ng
Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi: «Biznikilar hali o`yinga moslashib ulgurishmasidan «Bunyodkor» katta kuch bilan oldinga o`tdi va hisobni ochdi. Jamoamiz ikkinchi taymda o`z o`yinini ko`rsata boshladi. Biroq vaziyatlardan unumli foydalanishimizga «Bunyodkor»ning tajribali futbolchilari imkoniyat berishmadi. Raqibni g`alaba bilan tabriklayman. Ular kubok doirasidagi o`ta og`ir uchrashuvdan keyin o`zlarini yo`qotib qo`ymagani hayron qoldirdi. Vazifamiz aniq – oltinchi o`rinni olmoqchimiz. Sakkizinchi pog`ona bizga yarashmaydi!».
Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «Natijadan qoniqdim, lekin o`yindan ko`nglim to`lmadi. Balki bu kubok uchrashuvidan keyin qayta tiklana olmadikmikan? Garchi «Neftchi» bo`sh raqib bo`lmasa-da, bugungi harakatlarimiz o`zimizga mos emas. Berdievga imkon berdik. Axir u ham o`yin o`ynashi va o`zini ko`rsatishi kerak edi. Biroq Anvarning harakatlari bugun ko`ngildagidek chiqmadi. Natijada Pishurni maydonga tushirdim».
Xabar «Bunyodkor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.