Oliy Liga, 17-tur: Autsayder etakchini mag`lub etdi

26.08.2013

Oliy Liga, 17-tur: Autsayder etakchini mag`lub etdi

Zarafshonning «Qizilqum» klubi besh o`yindan beri davom etayotgan mag`lubiyatsiz seriyasini to`xtatib, sensatsion natija egasiga aylandi.

26 avgust, dushanba kuni Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari doirasida Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi. Ushbu o`yin arafasida «Qizilqum» musobaqa jadvalida 7 ochko bilan eng oxirgi o`rinni egallab turgan bo`lsa, «Lokomotiv» yakka peshqadamlik qilayotgan edi.

«Qizilqum» va «Lokomotiv» o`rtasidagi o`yin taqdirini o`yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida kiritilgan yagona gol hal qildi. Zarafshonliklar hujumchisi Navro`zbek Alimov tomonidan 90+2-daqiqada kiritilgan gol «Qizilqum»ga muhim bir g`alabani keltirdi. «Lokomotiv» esa mavsumdagi ikkinchi mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`ldi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Qizilqum» ochkolari sonini 10taga etkazib, 12-o`rindagi «Dinamo» bilan oradagi ochkolar farqini nisbatan qisqartirishga muvaffaq bo`ldi – jamoa endi samarqandiklardan olti ochkoga qolib ketyapti.15-turda musobaqa peshqadamligini qo`lga kiritgan «Lokomotiv» esa karvonboshilikni yana qayta «Bunyodkor»ga topshirdi, ayni vaqtda, «Bunyodkor» bilan bir xilda ochko to`plagan «Nasaf»ni ham oldinga o`tkazib, uchinchi o`ringa tushib ketdi.

18-turda «Lokomotiv» o`z maydonida «Nasaf»ni qabul qiladi. Ushbu o`yin turning markaziy uchrashuvi bo`lishi shubhasiz. Ayni vaqtda, «Qizilqum» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi. «Lokomotiv»dagi o`yin 13 sentyabr kuni o`tkazilsa, «Paxtakor»dagi bahs 14 sentyabrga belgilangan.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvi
26 avgust, dushanba
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:0. 8103 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), O. To`ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gol: X. Yo`ldoshev (90+4).
Ogohlantirishlar: N. Alimov (74) – I. To`xtaxo`jaev (13).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Jabborov – S. Abdullaev.
 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib