Oliy Liga, 17-tur: «Buxoro» «Metallurg»ga etib oldi

25.08.2013

Oliy Liga, 17-tur: «Buxoro» «Metallurg»ga etib oldi


Buxoroda bo`lib o`tgan «Buxoro» – «Sho`rtan» uchrashuvi gollarga boy bo`ldi.

Oliy Liga 17-tur doirasidagi qiziqarli va sermahsul uchrashuvlardan biri Buxoroda bo`lib o`tdi. O`z maydonida «Sho`rtan»ni qabul qilgan Tachmurad Agamuradov qo`l ostidagi «Buxoro», raqibini qiyinchilik bilan 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Uchrashuv hisob birinchi bo`limi birinchi yarmida jamoaga ikkinchi davrada qo`shilib, o`zining to`purarlik qobiliyatlarini namoyon etayotgan Bahodir Pardaev tomonidan ochildi. Biroq, birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida g`uzorlik futbolchilar Aleksandr Vostrikovning faolligi evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi.

Ikkinchi bo`limda stadionga yig`ilgan muxlislar yana uchta gol guvohiga aylanishdi. Avvaliga, taym boshlanishi bilan Ilya Ilin «Buxoro»ni hisobda oldiga olib chiqqan bo`lsa, uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqadan kamroq vaqt qolganida «Sho`rtan» yarim himoyachisi Abbos Omonov hisobni tenglashtirdi. Biroq «Sho`rtan» uyga bir ochko bilan qayta olmadi – o`yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida Devid Oniya tomonidan kiritilgan gol «Buxoro»ga musobaqadagi ochkolari sonini 25taga etkazib, 6-o`rindagi «Metallurg» bilan tenglashib olish imkonini berdi.

18-turda «Buxoro» «Navbahor» mehmoni bo`ladi, «Sho`rtan» esa o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 14 sentyabr, shanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvi
25 avgust, yakshanba

«Buxoro» (Buxoro) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 3:2. 7625 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Toshmuhamedov (Nukus)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Tashkent).
Gollar: B. Pardaev (20), I. Ilin (47), D. Oniya (89) – A. Vostrikov (43), A. Omonov (82).
Ogohlantirishlar: O. Narzullaev (35), V. Kilikevich (36), B. Nosirov (79), D. Oniya (79) – P. Solomin (32), Ya. Krushelnitskiy (63), A. Omonov (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Oniya – A. Alikulov.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib