Oliy Liga, 17-tur: Polvonovning goli «Olmaliq»ga yana g`alaba keltirdi

25.08.2013

Oliy Liga, 17-tur: Polvonovning goli «Olmaliq»ga yana g`alaba keltirdi

Olmaliqdagi «Metallurg» stadionida kechgan o`yinda «Metallurg» «Olmaliq»ga mag`lub bo`ldi.

25 avgust kuni Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari doirasida «Olmaliq» o`z maydonida Bekobodning «Metallurg» jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahs 2:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo`limda kiritildi. 60-daqiqada «Metallurg» hujumchisi Jasur Boboev hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi, biroq Rustam Mirsodiqov shogirdlari muvaffaqiyatli hisobni ko`p saqlab tura olishmadi.

65-daqiqada «Olmaliq» hujumchisi Olim Navkarov hisobni tenglashtirgan bo`lsa, oradan besh daqiqa o`tib olmaliqliklarning so`nggi o`yinlardagi bosh qahramoni – Zafar Polvonov o`z hisobiga yana bir gol yozib qo`ydi. 2:1 hisobidagi g`alaba Igor Shkvirin shogirdlarini kamida 18-turgacha musobaqa jadvali kuchli beshligida bo`lishini ta`minlaydi.

18-turda «Olmaliq» vodiyga safar qilib, «Neftchi» mehmoni bo`ladi. «Metallurg» esa Bekobodda qo`shni Sirdaryo viloyatining «Guliston» jamoasini qabul qiladi. Har ikkala o`yin 14 sentyabr, shanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvlari
25 avgust, yakshanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Metallurg» (Bekobod») 2:1. 2331 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Qosimov (Toshkent), R. G`opurov (Namangan), U. Karimov (Andijon), A. Mo`minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
«Olmaliq»: 87. Roman Abdulov, 9. Zafar Polvonov, 11. Zohir Pirimov, 13. Igor Petkovich, 17. Ma`murjon Abdullaev (23. Sherali Jo`raev, 58), 20. Darko Stanoevich, 21. Shahboz Erkinov (77. Olim Navkarov, 61), 22. Sanjar Shoahmedov (12. Sharif Mirzaev, 78), 24. Diyorjon Turopov, 50. Georgiy Kvesieshvili, 88. Dilyaver Abibullaev.
Zaxirada qolganlar: 16. Umidjon Xonimqulov, 3. Azamat Isroilov, 25. Sardorbek Sotvoldiev, 26. Elyor Mamasoliev.
«Metallurg»: 1. Ma`mur Ikromov, 3. Saidkomil Akbarov, 4. Hikmat Hoshimov, 5. Umidbek, Tojimov, 6. Dilmurod Karimov (24. Jasur Boboev, 46), 9. Shahzodbek Nurmatov, 13. Aleksandr Kovalyov (2. Odil Isaboev, 46), 14. Davronbek Karimqulov, 19. Ruslan Vagapov (17. Nozimjon Esonov, 70), 20. Mirg`iyos Sulaymonov, 23. Mirto`ra Akbarov.
Zaxirada qolganlar: 32. Suhrobjon Sultonov, 10. Shohnazar Norbekov, 11. Shuhrat Yuldashev, 15. Alisher Ziyoviddinov.
Gollar: Olim Navkarov (65), Zafar Polvonov (70) – Jasur Boboev (60).
Ogohlantirishlar: Dilmurod Karimov (44).

Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi:
«Bu ikki jamoa o`rtasidagi o`yinlar har doim derbiga mos shiddatli va gollarga boy tarzda o`tadi. Bugun ham shunga guvoh bo`ldik. Gol o`tkazib yuborilgach, o`yinni o`zgartirishga va hisobni o`z foydamizga o`zgartira oldik. Umuman olganda bugun jamoamiz tarkib borasida juda ko`plab yo`qotishlar girdobida qolgandi. Doston Abdurahmonov, Obid Jo`raboev, Maqsatmurot Shomurodovlarda diskvalifikatsiya bo`lsa, Azamat Isroilov, Bahrom Yuldashev va Timur Kagirovlarda jarohat bor edi. Keyingi o`yinlarda tarkib to`liq bo`lishidan umidvormiz».

Rustam Mirsodiqov, «Metallurg» bosh murabbiyi: «Jamoamiz tarkibida ko`plab yosh futbolchilar to`p surmoqda. Ularning ayni paytdagi o`yinidan qoniqish hosil qilyapman. Natija ijobiy bo`lmayotganligiga yoshlarda tajriba yo`qligi sabab bo`lmoqda. Buxoroda ham, bu erda ham hisobni biz ochsak-da, g`alabani ushlab qola olmadik. Jamoamiz oldiga har doim chiroyli o`yin ko`rsatib, bekobodlik muxlislarni xursand qilish vazifasi yuklangan. Keyingi o`yinlarda yaxshi o`yin namoyish etib, ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz».

cola
apex
mib
mib
mib
mib