Murod Ismoilov: «Bu yil «Nasaf»da shiddat boshqacha»

23.08.2013

Murod Ismoilov: «Bu yil «Nasaf»da shiddat boshqacha»

«Nasaf»ga qarshi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvidan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlasharkan, «Paxtakor» bosh murabbiyi Murod Ismoilov o`yindagi ikkinchi penalti jamoasi uchun «katta zarba» bo`lganini qayd etib o`tdi.

«O`yin nihoyatda shiddatli chiroyli kechdi. O`yingohga kelgan muxlislar bahsdan zavq olishdi, deb o`ylayman. O`yinga to`xtaladigan bo`lsam, teng kurashlar ostida kechayotgan bir paytda to`p kutilmaganda himoyachimizni qo`liga tegdi va hakam haqli penalti belgiladi. Bu futbolchilarimizni ruhiyatiga biroz ta`sir qildi. Shunga qaramay ikkinchi bo`limni o`z nazoratimizga olib, to`p kiritish uchun harakat qila boshladik. Ammo ikkinchi 11-metrlik zarba bizga katta zarba bo`ldi», - dedi «Paxtakor» bosh murabbiyi.

«Nasaf» hozirgi kunda chempionatimizda yorqin o`yin namoyish etayotgan jamoalardan biri. Ro`ziqul Berdiev bilan birga taxsil olganmiz, birga to`p tepganmiz. U Qarshida ajoyib jamoani shakllantira olganidan xursandman. O`tgan yili eslaringda bo`lsa aynan Qarshida 2:0 hisobida g`alaba qozongan edik. Endi esa buning aksi bo`ldi. Natijani hisobga olmaganda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. O`tgan yilgi «Nasaf» bilan bu yilgisining farqi? Jamoada bu yil shiddat boshqacha. Gevorkyan va Yunusov jamoaning haqiqiy liderlariga aylanishgan», - dedi Murod Ismoilov.

«Osiyo Chempionlar ligasi yo`llanmasini qo`lga kiritish - bu nihoyatda qiyin masala hozirgi kunda. Qolaversa bugungi mag`lubiyatdan keyin yigitlarimizning holatini tiklash ham qiyin kechadi. Aynan shu yilga kelib mening qo`l ostimda jamoa kubokdan ham, chempionlikdan ham mahrum bo`lganidan afsusdaman», - deya qo`shimcha qildi «Paxtakor» bosh murabbiyi Murod Ismoilov.

Xabar «Nasaf» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib