«Nasaf» O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi

23.08.2013

«Nasaf» O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi

2013 yilgi O`zbekiston Kubogi finalchilari nomi ma`lum bo`ldi.

22 avgust kuni O`zbekiston Kubogi yarim final javob o`yinlari doirasida Qarshining «Nasaf» klubi o`z maydonida Toshkentning «Paxtakor» jamoasini qabul qildi. O`yin 2:0 hisobida «Nasaf» foydasiga hal bo`ldi. Uchrashuvdagi har ikkala gol Artur Gevorkyan tomonidan penaltidan kiritildi.

Ma`lumot uchun, har ikkala jamoa o`rtasidagi dastlabki o`yin 30 iyul kuni Toshkentda o`tkazilgan, unda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etilgan edi. Shunday qilib, ikki o`yin natijasiga ko`ra «Nasaf» 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Ro`ziqul Berdiev shogirdlari finalda Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga qarshi to`p suradi. «Bunyodkor» musobaqa yarim finalida ikki o`yin natijasiga ko`ra «Lokomotiv»ni mag`lubiyatga uchratdi.

O`zbekiston Kubogi-2013
Yarim final, javob uchrashuvi
22 avgust, payshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:0. 10025 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Tantashev (Buxoro)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: A. Gevorkyan (42, 81, ikkisi ham - penaltidan).
Ogohlantirishlar: F. Sayfiev (83), Z. Abdullaev (85), S. Ne`matov (90+4) – A. Merzlyakov (24), D. Hoshimov (48), B. Miladinovich (52), A. Lobanov (70), Sh. Karimov (75).
Chetlatish: B. Miladinovich (ikkinchi uchrashuv, 81).

cola
apex
mib
mib
mib
mib