O`zbekiston Birinchiligi 2-bosqich 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turning so`nggi ikki o`yini 22 avgust, payshanba kuni o`tkazildi. Dastlabki olti o`yin 21 avgust kuni o`tkazilgan edi.
Eslatib o`tamiz, 2-bosqich 4-tur uchrashuvlari 24-25 avgust kunlari o`tkaziladi. Tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi e`lon qilingan.
O`zbekiston Birinchiligi-2013
Ikkinchi bosqich, 3-tur uchrashuvlari
22 avgust, payshanba
«Registon» (Samarqand) – «Kosonsoy» (Kosonsoy) - 2:1. 505 tomoshabin.
Hakamlar: R. Tolibjonov (Farg`ona), S. Eremeev (Toshkent), B. Japarqulov (Toshkent), Sh. Qamarov.
Nazoratchi: R. Saidov (Toshkent).
Gollar: S. Egamberdiev (60), D. Qoraev (78, penalti) - M. Toshmatov (6).
Ogohlantirishlar: Sh. Zayniev (40), S. Egamberdiev (49), M. Saidqulov (89) - I. Ahmedov (24), M. Hayitov (31), B. Mamajonov(50), A. Matkarimov (65).
Chetlatish: I. Telyakov («Kosonsoy», 66).
«Zarafshon-PFK» (Navoiy) – «Chust-Paxtakor» (Chust) - 3:1. 1750 tomoshabin.
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), S. Sattorov (Qarshi), F. Norsafarov (Qarshi), N. Boltaev.
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
Gollar: U. Izbosarov (14), F. Boboqulov (47, 49) - N. Norov (11).
Ogohlantirishlar: U. Izbosarov (43) - S. No``monov (46), N. Norov (66), B. Rasulov (73).