21-22 avgust kunlari O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
«Lokomotiv» va «Bunyodkor» o`rtasidagi javob o`yini «Lokomotiv» stadionida bo`lib o`tadi va o`yin 17:00da boshlanadi.
«Nasaf» va «Paxtakor» o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionida bo`lib o`tadi va o`yin 19:30da boshlanadi.
O`zbekiston Kubogi, yarim final, javob uchrashuvlari
21 avgust, chorshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent). Boshlanish vaqti – 17:00.
22 avgust, payshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent). Boshlanish vaqti – 19:30.