Chorshanba va payshanba kunlari O`zbekiston Kubogi yarim final javob o`yinlari bo`lib o`tadi.
21 avgust kuni Toshkentda «Lokomotiv» va «Bunyodkor» o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tadi. «Toshkent derbisi»ni Vladislav Tseytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
22 avgust kuni Qarshida «Nasaf» Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qiladi. Uchrashuv bosh hakami etib Ravshan Ermatov tayinlangan bo`lsa, unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi yarim final dastlabki o`yinlari 30-31 iyul kunlari bo`lib o`tgandi. «Paxtakor» va «Nasaf» o`rtasidagi dastlabki o`yinda hisob ochilmagan bo`lsa, «Lokomotiv» – «Bunyodkor» qarama-qarshiligining «Jar» stadionida bo`lib o`tgan birinchi o`yinida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan edi.
O`zbekiston Kubogi, yarim final, javob o`yinlari
21 avgust, chorshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), H. Shodmonov (Buxoro), H. Ro`ziev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
22 avgust, payshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Tantashev (Buxoro)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).