16 avgust, shanba kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasi o`z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qildi.
17-tur uchrashuvlari doirasida o`tkazilgan bahsda omad mehmonlarga kulib boqdi. «Nasaf» Samarqandda o`tgan o`yinda 3:1 hisobida g`alaba qozondi va musobaqa peshqadami – «Lokomotiv»ni ta`qib etishda davom etmoqda.
Qayd etish joiz, uchrashuvda hisob 6-daqiqadayoq «Nasaf»ning yosh hujumchilaridan biri Azamat Allaniyozov tomonidan ochildi. 69-daqiqada «Dinamo» hujumchisi San`at Shixov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Biroq 79-daqiqada Ilhom Shomurodov, 85-daqiqada esa Zohid Abdullaev tomonidan kiritilgan gollar «Nasaf»ga muhim g`alabani keltirdi.
17-turda «Nasaf» o`z maydonida «So`g`diyona»ni qabul qiladi, «Dinamo» esa «Navbahor» mehmoni bo`ladi. Qarshidagi o`yin 26 avgust kuni o`tkazilsa, «Navbahor» – «Dinamo» o`yini 25 avgust kuni bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 16-tur uchrashuvi
17 avgust, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:3. 8256 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), M. Majidov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
«Dinamo»: A.Melnichuk, I.Mamatkazin, A.Bozorov (A.Nabiev, 82), A.Xolmurodov, A.Agaliev, A.Samatov, I.Magdiev (K.Sharofutdinov, 57), A.Bobojonov, S.Shixov, S.Sayfiev (O.Tayloqov, 90+2), T.Mirzaev.
«Nasaf»: E.Suyunov, M.Karimov, B.Qoraev, I.Shomurodov (F.Sayfiev, 89), H.Karimov, A.Gevorkyan, E.Boydullaev, I.Yunusov, Sh.Muhammadiev, S.Shodmonov (Sh.Gadoev, 52), A.Allaniyozov (Z.Abdullaev, 80).
Gollar: S. Shixov (69) – A. Allaniyozov (6), I. Shomurodov (79), Z. Abdullaev (85).
Ogohlantirishlar: A. Bobojonov (72), A. Melnichuk (86), T. Mirzaev (90+5) – I. Shomurodov (42).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Shixov – A. Gevorkyan.
Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Umuman olganda, Samarqand va Qarshi jamoalarining o`zaro o`yinlari azaldan juda shiddatli va murosasiz kechishi ma`lum. Bugungi bahs ham bundan mustasno bo`lmadi. Uchrashuvning so`nggi daqiqasiga qadar kurash kechdi. «Dinamo»da birinchi davradan keyin qilingan o`zgarishlar ko`rinib turibdi. Uchrashuvning so`nggi o`n daqiqasiga qadar durang qayd etilayotgan bo`lsada, yakunda g`alabani ilib ketganimizdan xursandman. Jamoa o`z xarakterini ko`rsata oldi. Buning uchun yigitlarga rahmat».
Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yinga katta tayyorgarlik ko`rgandik. Afsus, jamoalar o`rtasidagi saviya bilingandek bo`ldi. «Nasaf» tarkibi bizning safimizdan kuchliroq. Aslida, durangni ham saqlab qolishimiz mumkin edi. Ammo, bu futbol. Orqaga yo`l yo`q, oldinga qarab intilishda, harakat qilishda davom etamiz».
Xabar «Dinamo» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.