16 avgust, shanba kuni Qirgulidagi «Neftchi SK» stadionida «Neftchi» - «Buxoro» jamoalari o`rtasida o`yin bo`lib o`tdi.
Oliy Liga 16-tur uchrashuvlari doirasida bo`lib o`tgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi.
87-daqiqadagi jarima to`pi «Neftchi» futbolchilariga omad keltirdi. Jamoa sardori Mansur Saidov tomonidan berilgan zarbani «Buxoro» darvozaboni Nosirov qaytarishga erishdi. Darvozabondan qaytgan to`pni esa «Neftchi» himoyachlaridan biri Dilyorbek Ermatov raqib darvozasiga to`g`rilab qo`ydi.
Ermatovning goli o`yinda yagonaligini saqlab qoldi. Shunday qilib, «Neftchi» mavsumdagi oltinchi g`alabasini qo`lga kiritdi va endi 7-o`rinda borayotgan «Buxoro»dan (uning hisobida 22 ochko bor) ikki ochkoga qolib ketmoqda.
17-turda, 25 avgust kuni «Buxoro» o`z maydonida «Sho`rtan»ni qabul qiladi. Bir kun keyin, 26 avgust kuni esa «Neftchi» Toshkentda «Bunyodkor» mehmoni bo`ladi.
Oliy Liga, 16-tur uchrashuvi
17 avgust, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Buxoro» (Buxoro) - 1:0. 5034 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), R. Shoyahmetov (Toshkent), Sh. Bozorov (Namangan).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
«Neftchi»: 51. G`ayrat Hasanov, 3. Shukur Po`latov, 7. Mansur Saidov , 17. Sardor Mirzaev, 20. Dilyor Ermatov, 22. Iqbol Akramov (50. Nosir Otaqo`ziev, 72), 23. Sanjar Asqaraliev, 44. Shavkat Nasibullaev, 52. Vyacheslav Ponomaryov, 71. Mirzakamol Kamolov (49. Pavel Smolyachenko, 61), 99. Zayniddin Tojiev (11. Otabek Isroilov, 57).
Zaxirada qolganlar: 42. Hislat Chilmatov, 5. Iqbol Boboxonov, 19. Sherzod Hakimov , 27. G`ayrat Jumaev.
«Buxoro»: 30. Botir Nosirov, 2. Naoya Shibamura, 4. Devid Oniya, 8. Alisher Mahmudov (11. Otabek Valijonov, 46), 10. Alisher Sanoev, 17. Otabek Narzullaev, 21. Bahriddin Vahobov, 50. Yuriy Rijko, 85. Ilya Ilin (89. Abduqahhor Hojiakbarov, 52), 88. Bahodir Pardaev, 90. Vladimir Kilikevich.
Zaxirada qolganlar: 1. Maqsud Shabanov, 6. Evgeniy Kochnev, 14. Vohid Shodiev, 23. Alisher Azizov, 44. Nodir Jo`raev.
Gol: D. Ermatov (87).
Ogohlantirishlar: M. Kamolov (21), S. Asqaraliev (84) – A. Mahmudov (4), I. Ilin (46), O. Valijonov (69).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – A. Sanaev.
Uchrashuvdan so`ng
«Neftchi» FK matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, «Neftchi» – «Buxoro» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo`lib mehmonlar ustozi Tachmurod Agamurodov ishtirok etishi kerak edi. «Ammo buxoroliklar ustozi matbuot anjumaniga kelmadi. Tachmurod Shamakovich avvaliga gol kiritilga vaziyatda ko`rib, keyin jurnalistlar oldiga boraman dedi. Lekin video yozuvni ko`rgach, «bugun «Neftchi» haqli g`alabaga erishdi» deb yozib qo`ying degancha ketdi. Matbuot ajumanlari xonasida esa uni bir nechta jurnalistlar kutib turishgandi», - deya axborot berdi «Neftchi» FK matbuot xizmati.
Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi: «Bu galgi o`yin ham og`ir o`tdi. Bizga gol kiritish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar bo`lganiga qaramay, raqib darvozasini ishg`ol eta olmadik. Endi bu kamchilik yuzasidan ish olib boramiz. O`ylaymanki, haqli ravishda g`alaba qozondik. Vaqt o`tishi bilan hammasi iziga tushib ketadi. Men ushbu futbolchilarni yaxshi bilmaganimda jamoaga taklif etmagan bo`lardim. Kezi kelganda, «Neftchi» muxlislarini jamoani ajoyib tarzda qo`llab quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik izhor etmoqchiman».
Xabar «Neftchi» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.