Oliy Liga, 16-tur: «So`g`diyona» mavsumdagi beshinchi g`alabani tantana qildi

18.08.2013

Oliy Liga, 16-tur: «So`g`diyona» mavsumdagi beshinchi g`alabani tantana qildi

17 avgust kuni Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi Zominda Zarafshonning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi.

Oliy Liga 16-tur uchrashuvlari doirasida o`tgan bahsda «So`g`diyona» raqibi ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvdagi barcha gollar jizzaxlik futbolchilar hisobiga yozildi. 8-daqiqada «So`g`diyona» etakchilaridan biri, Renat Bayramov penaltidan hisobni ochgan bo`lsa, uchrashuvning uchdan biri ortda qolgan bir vaqtda Elyor Oripov o`z darvozasini nishonga olib qo`yib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo`limning 16-daqiqasida Muqimjon Toshmatov tomonidan kiritilgan gol «So`g`diyona»ga mavsumdagi beshinchi g`alabani keltirdi.

17-turda «So`g`diyona» Qarshida «Nasaf» mehmoni bo`ladi. «Qizilqum» esa o`z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 26 avgust, dushanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 16-tur uchrashuvi
17 avgust, shanba
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 2:1. 2341 tomoshabin
Hakamlar:
M. Muhammedov (Toshkent viloyati), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibrohimov (41.Ayubxon No``monov, 76), 5.Ilyos Qurbonov (7.Rasul Hayitov, 89), 6.Murod Toshmatov, 10.Zafar Narziqulov, 14.Renat Bayramov, 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev, 22. Orif Mamajonov, 23. Bobir Qosimov (42.Ma`ruf Murodov, 41), 24.Elyor Oripov.
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 4. Asiljon Begimqulov, 17. Sanjar Rashidov, 21. Akmal Abdurahmonov.
«Qizilqum»: 1. Erkin Jabborov, 14. Fayzullo Qambarov, 23. Sarvar Xolmatov, 43. Akmal Xoliqov, 48. Sherzod Fayzullaev (57. Isroil Ergashev, 74), 50. Eldor Boymatov, 53. Xurshid Yuldoshev (44. Alisher Xoliqov, 46), 54. Asqar Muhitdinov, 58. Akmal Rustamov, 90. Zafar To`raev (51. Bobur Iskandarov, 59), 11. Navro`z Alimov
Zaxirada qolganlar: 55. Artyom Makosin, 6. Farrux Haydarov, 47. Jamshid Shohnazarov, 87. Ruslan Sanaev.
Gollar: R. Bayramov (8, penalti), M. Toshmatov (62) – E. Oripov (30, avtogol).
Ogohlantirishlar: S. Hamroev (85) – A. Muhitdinov (7), F. Qambarov (63), S. Xolmatov (72), B. Iskandarov (79).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Toshmatov - N. Alimov.

Uchrashuvdan so`ng
Yuriy Lukin, «Qizilqum» bosh murabbiyi:
«Ikkinchi bo`limning dastlabki daqiqalarida kiritilgan tezkor gol bizning o`yinimizga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Shunday bo`lsa-da shogirdlarim so`nggi daqiqalargacha kurashishdi. Oldimizda hali o`yinlar bor. Mavqiemizni tiklab olishga harakat qilamiz. Bizga asosiy vazifa ham shunday yuklatilgan. Biz yig`inlarni juda kech boshladik. Jamoa deyarli yangi tarkib bilan yig`ilgandi. Biz uch jamoadan hozirgi tarkibimizni shakllantirdik. Himoya, hujum va umuman boshqa chiziqlar haqida gapirishga hali erta deb o`ylayman».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Bizning o`yinimizga muxlislar baho berishadi. Lekin men murabbiy sifatida shogirdlarimning bugungi ko`rsatgan o`yinlaridan ko`nglim to`lgani yo`q. Bugungacha uy uchrashuvlarimizda shogirdlarim hayajonga tushishmagandi. Lekin ular bugun qattiq hayajon ostida harakat qilishdi. Balki bu mening o`yindan oldin bergan ko`rsatmalarimga aloqadordir. Chunki bugungi o`yinda g`alaba qozonadigan bo`lsak, mavqiemizni ancha yaxshilab olgan bo`lardik. Yigitlarga himoyada ehtiyotroq bo`lib, hujumda qanotlardan aniqroq harakat qilish vazifasi yuklatilgandi. Bugungi uchrashuvni «Olmaliq» jamoasi bilan bo`lgan o`yin bilan solishtiradigan bo`lsak, er bilan osmoncha farqi bor. Birinchi bo`limda bizda uyushqoqlik etishmadi».

Xabar «So`g`diyona» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib