Oliy Liga, 16-tur: «Lokomotiv» «Guliston»ni tor-mor etdi

16.08.2013

Oliy Liga, 16-tur: «Lokomotiv» «Guliston»ni tor-mor etdi

O`zbekiston Chempionati 16-turini ochib bergan uchrashuvda Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z maydonida «Guliston» ustidan yirik g`alabaga erishdi.

Ushbu bahsda birdaniga uchta dubl qayd etildi. Uchta dubldan ikkitasi «temiryo`lchilar» vakillari – Ivan Nagaev va Ibrohim Rahimov mualliflik qilgan bo`lsa, «Guliston»ning har ikkala javob gollari hujumchi Mo`ydin Mamazulunov hisobiga yozildi.

Uchrashuv 6:2 hisobida «Lokomotiv» foydasiga hal bo`ldi.

Turning qolgan uchrashuvlari 17 avgust, shanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 16-tur uchrashuvi
16 avgust, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Guliston» (Guliston) – 6:2. 672 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
«Lokomotiv»: 12. Temur G`aniev, 3. Evgeniy Gogol, 8. Akmal Xolmatov, 11. Aleksandr Shadrin, 17. Salim Mustafoev (19. Islom Inomov, 46), 20. Islom To`xtaxo`jaev, 23. Ivan Nagaev (16. Jasur Hasanov, 61), 24. Ibrohim Rahimov, 29. Viktor Karpenko (7. Sadriddin Abdullaev, 59), 55. Ilhom Suyunov, 99. Aleksandr Onika.
Zaxirada qolganlar: 1. Pavel Bugalo, 2. Sardor Rahmonov, 30. Dilshod Jabborov, 41. Quvondiq Ro`ziev.
«Guliston»: 24. Doniyorjon Usmonov, 3. Akbar Sattaev, 7. Rabbim Hasanov (19. R.Qodirov, 64), 9. X. Yo`ldoshev, 18. Boburjon Akbarov, 21. Mirjalol Qurbonov. 23. Sarvarjon Jo`raev, 26. Mo`ydin Mamazulunov (17. Alisher Shog`ulomov, 56), 27. Konstantin Boev (77. S.Rekun, 31), 28. Ilyos Xayrov, 88. Shukur Jumaboev.
Zaxirada qolganlar: 46. X. Xo`jaev, 10. Z.Qoraqulov, 13. N. Teshaboev.
Gollar: I. Nagaev (5, 56), I. Raximov (39, 50), D. Xasanov (68), A. Xolmatov (81) – M. Mamazulunov (13, 41).
Ogohlantirish: A. Sattaev («Gulistan», 30).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nagaev – M. Mamazulunov.

Uchrashuvdan so`ng
Xakim Fuzaylov, «Lokomotiv» katta murabbiyi:
«Ko`p futbolchilarimiz milliy terma jamoa yig`inlarida ishtirok etib qaytdilar. Asosiy tarkib o`yinchilariga hordiq berishga qaror qildik. O`yin boshida futbolchilarimiz bir-birini ozgina tushuna olmadilar. Bugun futbolchilarning yuqori saviyasi evaziga g`alaba qozondik».

Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi: «Jismoniy holatning past darajada ekanligi sabab, bir necha o`yindan beri faqat birinchi bo`limgagina kuchimiz etyapti. Ikkinchi bo`limda esa kamchiliklar ko`zga tashlanib qolmoqda va gol o`tkazib yubormoqdamiz. Moliyaviy ahvolimiz keyingi o`yinlar davomida yaxshilanib borishiga homiylarimiz va`da berishdi».

Xabar «Lokomotiv» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib