16-17 avgust kunlari Oliy Liga 16-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Tur doirasidagi o`yinlarda bir qator futbolchilar, sariq kartochkalari to`planib qolgani sabab, o`z jamoalariga yordam bera olishmaydi.
Jumladan, «Bunyodkor» himoyachisi Anvar G`ofurov va jamoa yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov 17 avgust kuni safarda «Metallurg»ga qarshi kechadigan o`yinda ishtirok eta olmaydi.
Sariq kartochkalari to`planib qolgani sabab 16-tur uchrashuvlarini o`tkazib yuboruvchi futbolchilar:
Anvar G`ofurov («Bunyodkor»);
Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»).
Eslatib o`tamiz, avvalroq 16-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari va uchrashuvlarni boshqarib boruvchi hakamlar brigadalari e`lon qilingan edi.