Oliy Liga, 15-tur: «Paxtakor» chempionatda birinchi marta «Bunyodkor»ni mag`lub etdi

10.08.2013

Oliy Liga, 15-tur: «Paxtakor» chempionatda birinchi marta «Bunyodkor»ni mag`lub etdi

Shu kungacha «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalari O`zbekiston Oliy Ligasi doirasida jami 13 marta maydonga tushishgan, ushbu uchrashuvlarning sakkiztasida durang natija qayd etilgan bo`lsa, qolgan beshtasi «Bunyodkor» g`alabasi bilan tugagandi. «Paxtakor» 2013 yil 10 avgustiga qadar chempionat doirasida «Bunyodkor»ni biror marta mag`lub eta olmagan, hatto, o`zaro o`yinlarda birinchi bo`lib hisobni ham ochmagandi.

Shanba kuni «Jar» stadionida o`tgan o`yinda «Paxtakor» o`zi uchun noxush bo`lgan an`anaga barham berdi. O`yin boshida jamoa sardori Kaxi Maxaradze, o`yin yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushgan yosh iqtidorli hujumchi Temurxo`ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan ikki gol Murod Ismoilov shogirdlari g`alabasi uchun etarli bo`ldi. 89-daqiqada Lutfulla To`raev tomonidan bosh bilan urilgan gol esa o`yinni juda yuqori saviyada o`tkazgan «Paxtakor» darvozaboni – Aleksandr Lobanovning statistik ko`rsatkichlari biroz salbiy ko`rinish olishiga sabab bo`ldi, xolos.

Ushbu g`alabadan so`ng «Paxtakor» ochkolari soni 28taga etdi. Murod Ismoilov shogirdlari 2-3 o`rindagi «Bunyodkor» va «Nasaf»dan 7 ochkoga, 15-turdan so`ng birinchi o`ringa ko`tarilib olgan «Lokomotiv»dan esa 8 ochkoga ortda qolishmoqda.

16-turda «Paxtakor» o`z maydonida «Olmaliq»ni qabul qiladi, «Bunyodkor» esa Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo`ladi. Har ikkala o`yin 17 avgust, shanba kuni o`tkaziladi.

«BUNYoDKOR» – «PAXTAKOR» - 1:2 (0:1). 5362 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), R. Shoyahmetov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent).
Gollar: L. To`raev (89) - K. Maxaradze (3), T. Abduholiqov (85)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)
«Bunyodkor»: 1.Ignatiy Nesterov, 23.Sahob Jo`raev, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G`ofurov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo`raev (13.Lutfulla To`raev, 82), 8.Javlon Ibrohimov, 19.Jasur Hasanov, 33.Oleg Zoteev (21.Sardor Rashidov, 52), 9.Igor Taran (29.Anvar Berdiev, 64), 11.Oleksandr Pishur
Zaxirada qolganlar: 25.Murodjon Zuhurov, 7.Marko Blajich, 14.Alibobo Rahmatullaev, 27.Sardor Sobirxo`jaev
«Paxtakor»: 12.Aleksandr Lobanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 29.Vladimir Kozak, 4.Boyan Miladinovich, 24.Davron Hoshimov, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Kaxi Maxaradze, 34.Oybek Qilichev (20.Anvar Soliev, 59), 14.Sherzod Karimov (9.Temurxo`ja Abduxoliqov, 81, 15.Jamshid Iskandarov, 19.Igor Sergeev (10.Jora Oganesyan, 88)
Zaxirada qolganlar: 42.Asilbek Omonov, 6.Murod Xolmuhammedov, 26.Dilshod Sharofetdinov, 38.Abbos Maxsitaliev
Gollar: Lutfulla To`raev (90) – Kaxi Maxaradze (4), Temurxo`ja Abduxoliqov (83).
Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov (45), Anvar G`ofurov (90+1) – Oybek Qilichev (57), Anvarjon Soliev (90+1).

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Aytishlaricha, sakkil yildan buyon «Bunyodkor»ni chempionat doirasida yutmagan ekanmiz. Ushbu noxush an`anaga chek qo`yganimizdan xursandman. G`alaba qozonishimizni uch kun oldin sezgandim. Shuni bollarga aytgandim: o`z kuchlarimizga ishonsak albatta g`alabaga erishamiz dedim. Raqibga etarlicha qarshilik ko`rsatib, g`alabaga erishdik».

Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «Tushunarsiz holat, bunaqa derbi o`yinlarda raqibga bunaqa «fora» berish kerak emas. Tushunarsiz deyotganimning sababi, avvalgi derbida «Lokomotiv» ikkita gol urgandi, keyin hisob muvozanatini tenglashtirgandik. Bugun esa «Paxtakor» o`yin boshidayoq hisobni ochdi. Aytmoqchmanki, uchrashuv boshlarida gol o`tkazib yuborish odatlanib qolyapti. Pishur, Taran kabi futbolchilar bu kabi markaziy uchrashuvlarda vaziyatlardan unumli foydalanishi kerak edi. Ikkinchi bo`limda yaxshi o`ynadik, ammo kech bo`lgandi. Bir tekisda o`ynay olmayapmiz. «Paxtakor»ni haqli g`alaba bilan tabriklayman».

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib