10 avgust kuni Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari doirasida «Qizilqum» o`z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi.
Zarafshonning «Qizilqum» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi o`yin maydon egalarining mavsumdagi 12-mag`lubiyatini qabul qilib oldi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 77-daqiqada «Nasaf» himoyachisi Hamza Karimov tomonidan kiritildi. U Artur Gevorkyan tomonidan qanotdan etkazib berilgan to`pni boshi bilan «Qizilqum» darvozasiga to`g`rilab qo`ydi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Nasaf» ochkolari soni 35taga etib, bu borada Ro`ziqul Berdiev shogirdlari Toshkentning «Bunyodkor» klubi bilan tenglashib olishdi.
16-tur uchrashuvlari «Nasaf» Samarqandga safar qiladi, «Qizilqum» esa «So`g`diyona» mehmoni bo`ladi. Har ikkala o`yin 17 avgust, shanba kuni bo`lib o`tadi.