Oliy Liga, 15-tur: «Sho`rtan» va «Dinamo» durang o`ynadi

10.08.2013

Oliy Liga, 15-tur: «Sho`rtan» va «Dinamo» durang o`ynadi

10 avgust kuni G`uzorda Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari doirasida «Sho`rtan» va «Dinamo» o`zaro maydonga tushdi.

2013 yilgi Oliy Liga bahslarida autsayderlar qatorida borayotgan G`uzorning «Sho`rtan» va Samarqandning «Dinamo» jamoalari o`rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob 22-daqiqada ochildi. «Dinamo» vakili Azamat Bobojonovning hujumga o`tib, jarima maydonchasiga uzatgan to`pidan so`ng Sirojiddin Fayziev bosh bilan «Sho`rtan» darvozasini ishg`ol qildi. Ushbu gol Sayfiev uchun mavsumdagi beshinchisi bo`ldi.

Ikkinchi bo`limda esa «Sho`rtan» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. «Sho`rtan» vakili Aziz G`ulomxo`jaevning 25 metrlar masofadan yo`llagan zarbasini «Dinamo» darvozaboni bartaraf eta olmadi. Shunday qilib, «Sho`rtan»ning g`alabasiz seriyasi to`rtta o`yinga etgan bo`lsa, «Dinamo» so`nggi to`rtinchi o`yindagi sakkizinchi ochkosini qo`lga kiritdi.

16-turda «Dinamo» o`z maydonida «Nasaf»ni, «Sho`rtan» esa «Navbahor»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 17 avgust, shanba kuni o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib