Oliy Liga, 15-tur: «Vodiy derbisi»da kuchlar teng keldi

10.08.2013

Oliy Liga, 15-tur: «Vodiy derbisi»da  kuchlar teng keldi

«Navbahor» va «Neftchi» o`rtasidagi navbatdagi «Vodiy derbisi» durang natija bilan yakuniga etdi.

10 avgust, shanba kuni Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari doirasida Kosonsoyda Namanganning «Navbahor» va Farg`onaning «Neftchi» jamoalari o`zaro to`qnash kelishdi. Qiziqarli kurashlarga boy o`tgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob ikkinchi bo`lim boshida namanganliklarnin yosh iqtidorli futbolchilaridan biri – Qahramon Muhammadjonov tomonidan ochildi. 68-daqiqaga kelib esa farg`onaliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi – Mansur Saidovning sa`i-harakatlari bilan «Neftchi» Farg`onaga bir ochko bilan qaytadigan bo`ldi.

16-turda «Navbahor» G`uzorda «Sho`rtan» mehmoni bo`ladi, «Neftchi» esa o`z maydonida «Buxoro»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 17 avgust, shanba kuni o`tktaziladi.

Oliy Liga-2013, 15-tur uchrashuvi
10 avgust, shanba
«Navbahor» (Namangan) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:1 (0:0). 5776 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Mo`minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Navbahor»: 78. Pavel Leus, 6. Leonid Koshelev, 8. Azim Ahmedov (45. Aleksandr Lupashko, 88), 10. Akram Bahriddinov (51. Islom Ismoilov, 82), 13. Timur Sultonov, 20. G`ayrat Jo`raev (21. A`zam Aliev, 77), 22. Ro`zimboy Ahmedov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 31. Rustam A`zamov, 32. Jahongir Mehmonov, 47. Temur Yafarov.
Zaxirada qolganlar: 12. Islom Jo`raev, 3. Botir To`raboev, 17. Sohib Abdullaev, 77. Muhammad Rasulov.
«Neftchi»: 51. G`ayrat Hasanov, 3. Shukur Po`latov, 7. Mansur Saidov (S), 17. Sardor Mirzaev, 20. Dilyorbek Ermatov, 22. Iqbol Akramov, 23. Sanjar Asqaraliev, 44. Shavkat Nasibullaev, 49. Pavel Smolyachenko (11. Otabek Isroilov, 53), 52. Vyacheslav Ponomaryov, 99. Zayniddin Tojiev (71. Mirzakamol Kamolov, 69).
Zaxirada qolganlar: 42. Hislat Chilmatov, 5. Iqbol Boboxonov, 27. G`ayrat Jumaev, 30. Otabek Zokirov, 50. Nosir Otaqo`ziev.
Gollar: K.Muhammadjonov (48) – M.Saidov (68).
Ogohlantirishlar: A.Ahmedov (55), K.Muhammadjonov (65) – Sh.Nasibullaev (20), V.Ponomaryov (54), Sh.Po`latov (66).

Uchrashuvdan so`ng
Mustafa Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi:
«Derbi uyinlarda keskinlik yuqori bo`ladi. Ikkinchi davrani mag`lubiyat bilan boshlaganligimiz sababli bugun g`alabani ko`zlab maydonga tushgandik. Tanaffusdan keyin birinchi bo`lib hisobni ochishga ham erishgandik. Hammasi yaxshi ketayotgan bir pallada himoyadagi xato uchrashuvni durang bilan yakunlanishiga sabab bo`ldi. Umuman olganda, yigitlar g`alaba sari intilishdi. Lekin futbolda shunday holatlar bo`lib turadi. Yo`l qo`ygan xatolarimizdan tegishli xulosalar chiqarib, navbatdagi turlarda yutuq uchun harakat qilamiz».

Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi: «Namanganda, «Navbahor» maydonida to`p surish oson emas. Umuman olganda futbolchilar tomonidan namoyish etilgan o`yindan o`yingohga yig`ilgan har ikki jamoa ishqibozlari ham qoniqish hosil qilishdi deb o`ylayman. Albatta, namanganlik muxlislar «Navbahor»ni g`alabasini ko`zlashgandi. Ammo jamoamiz ham mezbonlar darvozasi oldida ko`plab xavfli hujumlarni tashkil qildi. Shunday bo`lsa-da imkoniyatlardan foydalana olmadik. Namanganliklarning ko`rsatgan o`yini menga yoqdi. Nazarimda uchrashuvning ikkinchi davraning chiroyli o`yinlaridan biri bo`ldi. Jamoalar kombinatsion va xavfli vaziyatlarga boy tarzda harakat qilishdi. Bu esa ishqibozlarga doimo yoqadi».

cola
apex
mib
mib
mib
mib