Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari doirasida «Guliston» 10 avgust kuni o`z maydonida Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasini qabul qildi.
Gulistonda bo`lib o`tgan «Guliston» – «So`g`diyona» o`yini 2:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi. Hujumchilar – Xurshid Yo`ldoshev va Mo`ydin Mamazulumov tomonidan «So`g`diyona» darvozasiga kiritlan gollar Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga muhim g`alabani keltirdi.
Qayd etish joiz, ushbu g`alaba gulistonliklar uchun so`nggi olti o`yindagi dastlabki muvaffaqiyat bo`ldi. Ashurmatov jamoasi oxirgi marta 9-tur doirasida o`z maydonida «Metallurg»ni mag`lub etgan edi. 10-14-turlar davomida «Guliston» «Paxtakor» (0:2), «Lokomotiv» (1:5), «So`g`diyona» (0:1) va ikki marta «Nasaf»ga (0:4, 1:3) imkoniyatni boy bergandi.
16-turda «Guliston» Toshkentda «Lokomotiv» mehmoni bo`ladi. Ushbu o`yin 16 avgust kuni bo`lib o`tadi. 17 avgust kuni esa tur doirasida «So`g`diyona» «Qizilqum»ni qabul qiladi.
Oliy Liga-2013, 15-tur uchrashuvi
10 avgust, shanba
«Guliston» (Guliston) – «So`g`diyona» (Jizzax) 2:0 (2:0)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), N. Ro`zimov (Toshkent), U. Karimov (Andijon), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: X. Yo`ldoshev (23), M. Mamazulumov (35).