Oliy Liga, 15-tur: «Lokomotiv» «Olmaliq»ni safarda mag`lub etdi

10.08.2013

Oliy Liga, 15-tur: «Lokomotiv» «Olmaliq»ni safarda mag`lub etdi

«Lokomotiv» o`z tarixida ilk bor Olmaliqdan g`alaba bilan qaytishga muvaffaq bo`ldi.

Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari doirasida 10 avgust kuni Olmaliqdagi «Metallurg» stadionida «Olmaliq» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. Bahs 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvda hisob 35-daqiqada «Lokomotiv» faxriylaridan biri, Viktor Karpenkoning bosh bilan yo`llagan zarbasidan so`ng ochilgan bo`lsa, ikkinchi bo`lim boshida «temiryo`lchilar» darvozaboni Pavel Bugalo xatosidan foydalanib qolgan «Olmaliq» yarim himoyachisi Zohir Pirimov hisobni tenglashtirdi.

Shu kuni omad «Lokomotiv» futbolchilari kulib boqdi. 76-daqiqada toshkentliklarning iqtidorli hujumchisi Ivan Nagaev tomonidan kiritilgan gol «Lokomotiv» muhim ham tarixiy g`alabani keltirdi. Muhimligi, «temiryo`lchilar» kamida «Bunyodkor» – «Paxtakor» o`yinlari yakuniga qadar musobaq peshqadamligini qo`lga kiritishgan bo`lsa, tarixiyligi – Toshkent jamoasi hali Olmaliqdan g`alaba bilan qaytmagan edi.

16-turda «Lokomotiv» o`z maydonida «Guliston»ni qabul qiladi. Uchrashuv 16 avgust kuni o`tkaziladi. Buning ertasiga esa «Olmaliq» tur doirasida Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi.

Oliy Liga-2013, 15-tur uchrashuvi
10 avgust, shanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Lokomotiv» (Toshkent) 1:2 (0:1). 4 125 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), V. Serazitdinov (Toshkent).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
«Olmaliq»:
1. Maqsatmurot Shomurodov, 3. Azamat Isroilov, 7. Doston Abdurahmonov, 9. Zafar Polvonov (21. Shaxboz Erkinov, 74), 11. Zohir Pirimov, 13. Igor Petkovich (12. Sharif Mirzaev, 79), 20. Darko Stanoevich, 22. Sanjar Shoahmedov, 50. Georgiy Kvesieshvili, 55. Obid Jo`raboev, 88. Dilyaver Abibullaev (24. Diyorjon Turopov, 66).
Zaxirada qolganlar: 16. Umidjon Xonimqulov, 17. Ma`murjon Abdullaev, 23. Sherali Jo`raev, 77. Olim Navkarov.
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 3. Evgeniy Gogol, 8. Akmal Xolmatov, 16. Jasur Hasanov (7. Sadriddin Abdullaev, 77), 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 22. Sherzod Sharipov (55. Ilhom Suyunov, 62), 23. Ivan Nagaev, 29. Viktor Karpenko (11. Aleksandr Shadrin, 61), 30. Dilshod Jabborov, 99. Aleksandr Onika.
Zaxirada qolganlar: 31. Artur Parvanov, 15. Sobir Usmonxo`jaev, 17. Salim Mustafoev, 24. Ibrohim Rahimov.
Gollar: Zohir Pirimov (49) – Viktor Karpenko (35), Ivan Nagaev (76).
Ogohlantirishlar:
Zafar Polvonov (75), Maqsatmurot Shomurodov (90+2) – Aleksandr Onika (32), Ilhom Suyunov (74), Islom Inomov (90), Pavel Bugalo (90), Dilshod Jabborov (90+3).

Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi:
«Bugun eng yaxshi o`yinlarimizdan birini o`tkazdik, ammo natija qoniqarsiz bo`ldi. Buning uchun yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Birinchi taymni hisobda oldinga o`tgan holda yakunlash mumkin edi, ammo yana qataraman futbolda vaziyatlardan unumli foydalangan g`alaba qozonadi».

Hakim Fuzaylov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi: «Bugun juda og`ir o`yin bo`ldi. Shogirdlarimga «Olmaliq» o`z nomiga va o`yiniga ega jamoa ekanligini, o`yinni ehtiyotkorlik bilan o`tkazishlarini aytgandim. Bu o`yinda ham ko`rindi, qilinadigan ishlar ko`p. Ba`zi chiziqlarda kamchiliklar ko`zga tashlandi. Yomg`ir yog`ib o`tgani o`yinni biroz shiddatli va qo`polroq o`tishiga sabab bo`ldi. Eng asosiysi futbolchilar o`yinni jarohatlarsiz o`tkazishdi».

cola
apex
mib
mib
mib
mib