O`zbekiston Birinchiligi: «Yangier» o`rniga «Istiqlol»

08.08.2013

O`zbekiston Birinchiligi: «Yangier» o`rniga «Istiqlol»

2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich ishtirokchilari safida o`zgarish yuz berdi.

2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich yakunlariga ko`ra, keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritgan Yangierning «Yangier» futbol klubi, o`z murojaatiga ko`ra, O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich ishtirokchilari safidan chiqarildi.

O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich bahslarida Yangiernig «Yangier» futbol klubi o`rniga Toshkentning «Istiqlol» futbol klubi ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich o`yinlari 12 avgust kuni start oladi. Avvalroq, ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxati e`lon qilingandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib