Oliy Liga, 14-tur: «Metallurg» «Navbahor»dan ustun keldi

04.08.2013

Oliy Liga, 14-tur: «Metallurg» «Navbahor»dan ustun keldi

«Metallurg» – «Navbahor» o`yinida birinchi davra so`nggida bo`lib o`tgan to`qnashuvdagi natija takrorlandi.

13-tur doirasida bo`lib o`tgan «Navbahor» – «Metallurg» o`yinida namanganliklar 2:1 hisobida g`alaba qozonib, mavsumning birinchi yarmini ko`tarinki kayfiyatda tugatishga muvaffaq bo`lishngandi. 4 avgust kuni Bekobodda bo`lib o`tgan o`ziga xos javob o`yinida ham 2:1 hisobi qayd etildi, biroq bu safar omad «Metallurg» futbolchilariga kulib boqdi.

Uchrashuv birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limni esa Rustam Mirsodiqov shogirdlari tezkorroq va ishonchliroq boshlashdi. Buning samarasi o`laroq, bosh hakam Vladislav Tseytlin ikkinchi taymni boshlashidan ko`p o`tmay, «Metallurg» vakili Sardor Rasulov hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Oradan ko`p o`tmay Rasulov dublni rasmiylashtirdi. «Navbahor» faqat o`yin oxirida, Ro`zim Ahmedovning penaltidan urgan goli evaziga hisobni qisqartira oldi, xolos.

Ushbu g`alabadan so`ng «Metallurg» musobaqa jadvalida 5-o`rinni yanada mustahkamlab oldi. Jamoa hisobida ayni vaqtda 25 ochko bor. 9-o`rindagi «Navbahor» ochkolari soni 15taligicha qoldi. 15-turda «Metallurg» Buxoroga safar qiladi, «Navbahor» esa «Vodiy derbisi» doirasida «Neftchi»ni qabul qildi. O`yinlar 10 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Oliy Liga-2013, 14-tur uchrashuvlari
4 avgust, yakshanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Navbahor» (Namangan) 2:1 (0:0)
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: S. Rasulov (48, 52) – R. Ahmedov (90, penalti).

cola
apex
mib
mib
mib
mib