Farhod Magametov: «OFK komissiyasi ettita klubni tekshiradi»

01.08.2013

Farhod Magametov: «OFK komissiyasi ettita klubni tekshiradi»

1 avgust kuni Toshkentga Oliy Liga klublarini litsenziyalash bo`yicha Osiyo futbol konfederatsiyasining tekshiruv komissiyasi tashrif buyurdi. OFK Klublar musobaqalari boshqarmasi boshlig`i Benjamin Tan va OFK Moliya bo`limi hisobchisi On Chon Xyondan iborat delegatsiya besh kun davomida O`zbekistonda bo`ladi. Bu vaqt davomida Osiyoning bosh futbol tashkiloti vakillari O`zbekiston Oliy Ligasida ishtirok etuvchi bir qator klublarda bo`lishadi.

OFKning tekshiruvchi tashrifi to`g`risida O`zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov nisbatan batafsil ma`lumot berdi.

«Bugun biz mamlakatimizga Oliy Liga klublarini tekshirish uchun tashrif buyurgan Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillarini kutib oldik. Ular O`zbekistonda 5 avgustgacha qadar bo`lishadi. Besh kunlik tashrif davomida mehmonlar ettita klubni ko`zdan kechirishadi. Ushbu qaror OFK tomonidan qabul qilingan. Tashrif taqvimini ham ularning o`zi tuzib chiqqan», - dedi Magametov.

O`zPFL bosh direktori so`zlariga ko`ra, inspektsiya ishlari «Bunyodkor» klubidan boshlangan, eng so`nggi tashrif esa G`uzorga amalga oshiriladi – u erda mehmonlar «Sho`rtan»dagi sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishishadi.

«Inspektsiya 1 avgustning o`zidan boshlandi. Ro`yxatda birinchi bo`lib «Bunyodkor» qayd etilgan. Komissiya 2 avgust kuni Namangan va Farg`onada bo`ladi. Shundan so`ng 3 avgust knui «Guliston», «So`g`diyona» va «Dinamo»ning infratuzilmalari tekshiriladi. Mehmonlarimiz boradigan so`nggi klub «Sho`rtan» bo`ladi. G`uzorga safar 4 avgustga rejalashtirilgan», - dedi Magametov.

5 avgust kuni OFK mutaxassislari O`FF hamda O`zPFL vakillari bilan uchrashib, Oliy Liga klublari infratuzilmalaridagi mavjud yutuq va kamchiliklar haqida ma`lumot berishadi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib