2013 yilgi O`zbekiston Kubogi yarim finali doirasida ikkinchi juftlik ham o`zining dastlabki o`yinini o`tkazdi. 31 iyul, payshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tgan «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning birinchi bo`limida omad nominal mehmonlar – «Lokomotiv»ga kulib boqdi. «Temiryo`lchilar» 10-daqiqada Akmal Xolmatovning mohirlik bilan amalga oshirgan jarima zarbasidan so`ng hisobni ochishgan bo`lsa, oradan 10-daqiqa o`tib Sadriddin Abdullaev «Lokomotiv»ning muvaffaqiyatini mustahkamladi.
«Lokomotiv» O`zbekiston Kubogi yarim final javob o`yini arafasida e`tiborga molik ustunlikni saqlab qola olmadi. Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida «Bunyodkor» tarkibida ikkinchi taymda maydonga tushgan futbolchilar – Igor Taran va Oleg Zoteev tomonidan kiritilgan gollar evaziga o`yin 2:2 hisobida durang natija qayd etildi.
«Lokomotiv» va «Bunyodkor» o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi 21 avgust kuni bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Kubogi-2013
Yarim final, dastlabki o`yin
31 iyul, payshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) 2:2 (0:2). 4675 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), H. Ro`ziev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent)
«Bunyodkor»: 1. Ignatiy Nesterov (s), 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 7. Marko Blajich (33. Oleg Zoteev, 43), 8. Javlon Ibrohimov, 11. Aleksandr Pishur, 13. Lutfulla To`raev, 16. Artyom Filiposyan, 19. Jasur Hasanov (21. Sardor Rashidov, 70), 23. Sahob Jo`raev, 29. Anvar Berdiev (9. Igor Taran, 63)
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 2. Sardor Rahmonov, 7. Sadriddin Abdullaev (29. Viktor Karpenko, 52), 8. Akmal Xolmatov, 10. Farhod Tojiev (23. Ivan Nagaev 72), 16. Jasur Hasanov, 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 22. Sherzod Sharipov, 30. Dilshod Jabborov (s), 99. Aleksandru Onika (6. Dilshod Rahmatullaev 77).
Gollar: Igor Taran (83), Oleg Zoteev (84) — Akmal Xolmatov (11), Sadriddin Abdullaev (20).
Ogohlantirishlar: Lutfulla To`raev (26), Xayrulla Karimov (69) — Dilshod Jabborov (11), Pavel Bugalo (45).