Murod Ismoilov: «Paxtakor» ham, «Nasaf» ham yaxshi o`ynadi»

31.07.2013

Murod Ismoilov: «Paxtakor» ham, «Nasaf» ham yaxshi o`ynadi»

«Paxtakor» bosh murabbiyi Murod Ismoilov issiq ob-havoda maydonga tushib, futbol o`yngan yigitlarga minnatdorligini bildirdi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar bermoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

30 iyul, seshanba kuni O`zbekiston Kubogi-2013 yarim final dastlabki o`yinlari doirasida Toshkentning «Paxtakor» klubi o`z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qildi. O`yinda hisob ochilmadi – 0:0. Har ikkala jamoa o`rtasidagi javob uchrashuvi 22 avgust kuni Qarshida o`tkaziladi.

«Avvalo, mana shunday issiq ob-havoda maydonga tushib, futbol o`ynagan yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Har ikkala jamoa futbolchilari yaxshi o`ynashdi. Shogirdlarim imkon qadar harakat qilishdi, gol ham urishdi, ammo bu golimiz inobatga olinmadi. "Nasaf" jamoasi ham bugungi o`yinga puxta tayyorgarlik ko`rganini isbotladi. Bugungi o`yin tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvimiz edi, shu bois futbolchilar biroz sekinroq harakat qilishdi. Barchasi javob uchrashuvida hal bo`ladi», - dedi Murod Ismoilov.

«Miladinovichning o`yiniga to`xtalsam, u jarohat tufayli ikki yil futbol o`ynamadi. Shu sababli oldingi holatiga qaytishi qiyin bo`ladi. Bundan tashqari, uning yoshi ham o`tib bormoqda, yaxshi formaga kirish uchun ko`p ter to`kishi kerak. Hakamlik juda nozik masala. Ular haqida gapirmay qo`ya qolaylik. Bugun biz ikki hujumchi bilan o`ynadik. Keyingi o`yinlarda bunday taktikani o`yining boshidan amalga oshirishimiz mumkin. Lekin bunga jamoa tayyor bo`lishi kerak», - deya qo`shimcha qildi «Paxtakor» bosh murabbiyi.

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev «Paxtakor»ga qarshi o`yindan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashar ekan, Qarshidagi o`yinda har ikkala jamoa ham barcha imkoniyatlarini ishga solishini alohida qayd etib o`tdi.

«Bugun har ikki jamoaning shiddatli o`yiniga guvoh bo`ldik. Futbolchilar bir necha marta keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, lekin gol urish hech kimga nasib qilmadi. Himoyaga ko`proq e`tibor qaratganimiz uchun o`yinchilar bor imkoniyatlarini darajasida to`p tepishmadi. «Paxtakor»ning uyda hujumga e`tibor qaratishini yaxshi anglab turgandik. Qarshidagi javob bahsida finalchi nomi oydinlashadi. O`sha o`yinda ham ikki jamoa bor imkoniyatini ishga soladi», - dedi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib