30 iyul kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi - Toshkentning «Paxtakor» hamda «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi o`yinda hisob ochilmadi - 0:0.
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida kechgan yarim finalning dastlabki o`yinida nursiz durang qayd etildi. Uchrashuvda har ikkala jamoa vakillari gol urish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo`lgan bo`lsalar-da, hisob ochilmadi. Mazkur jamoalar o`rtasidagi yarim finalning javob o`yini 22 avgust kuni Qarshi shahrida o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi yarim finali ikkinchi juftligi - Toshkentning «Bunyodkor» hamda «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi dastlabki o`yin 31 iyul, chorshanba kuni bo`lib o`tadi. Yarim finalning dastlabki uchrashuviga «Bunyodkor» mezbonlik qiladi. Uchrashuv 31 iyul kuni soat 19:00da Toshkentdagi «JAR» stadionida boshlanadi. Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu uchrashuvni Vladislav Tseytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O`zbekiston Kubogi. Yarim final. Dastlabki o`yin.
30 iyul, seshanba. «Paxtakor» stadioni.
«Paxtakor» (Toshkent) - «Nasaf» (Qarshi) - 0:0
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Boyan Miladinovich, Akbar Ismatullaev, Maksimilian Fomin, Vladimir Kozak, Kaxi Maxaradze, Dilshod Sharofetdinov (Igor Sergeev, 54), Sherzodbek Karimov (Anvar Soliev, 86), Oybek Qilichev, Temurxo`ja Abduxoliqov (Jamshid Iskanderov, 46).
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Botir Qoraev, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, Shuhrat Muhammadiev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, (O. Hamrobekov, 90) Shohruh Gadoev, Artur Gevorkyan, Azamat Olloniyozov (Zohid Abdullaev, 64), Ilhom Shomurodov.
Ogohlantirishlar: D. Sharofetdinov (2), A. Soliev (86), K. Maxaradze (87)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), B. Namozov (Toshkent).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O`zbekiston Kubogi. Yarim final. Dastlabki o`yin.
31 iyul, chorshanba. «JAR» stadioni
«Bunyodkor» (Toshkent) - «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), H. Ro`ziev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent).