Oliy Liga, 14-tur. «Lokomotiv» – «Bunyodkor» uchrashuvini Kovalenko boshqaradi

29.07.2013

Oliy Liga, 14-tur. «Lokomotiv» – «Bunyodkor» uchrashuvini Kovalenko boshqaradi

14-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.

4 avgust kuni Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlari start oladi. Shu kuni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Samarqandning «Dinamo» va Zarafshonning «Qizilqum» jamoalari o`rtasidagi o`yinni boshqarib borsa, «Paxtakor» va «Buxoro» o`rtasidagi bahsni Olim Tolibjonov boshqarib boradi.

«Nasaf» va «Guliston» o`rtasidagi o`yin toshkentlik Baxtiyor Namozovga ishonib topshirilgan bo`lsa, Hasan Ro`ziev «So`g`diyona» – «Olmaliq» uchrashuviga bosh hakam etib tayinlangan. Vladislav Tseytlin boshchiligidagi brigada Bekobodda «Metallurg» – «Navbahor» o`yini nazorat qilib borsa, turning qiziqarli o`yinlaridan biri bo`lishi kutilayotgan «Neftchi» va «Sho`rtan» o`rtasidagi o`yinni boshqarib borish Marat Ismoilovga topshirilgan.

14-turning markaziy uchrashuvi 5 avgust kuni Toshkentdagi «Lokomotiv» stadionida bo`lib o`tadi. Shu kuni mavsum favoritlaridan biri hisoblangan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi o`z uyida hamshahari va, ayni vaqtda, Oliy Liga-2013 peshqadami – «Bunyodkor»ni qabul qiladi. Chempionlik poygasidagi muhim bahslardan biri bo`lgan ushbu «Toshkent derbisi» Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.

Qayd etish joiz, «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari 31 iyul kuni O`zbekiston Kubogi yarim final dastlabki o`yinlari doirasida to`qnashadi. Ushbu o`yinni Vladislav Tseytlin boshqarib boradi.

Oliy Liga, 14-tur uchrashuvlari
4 avgust, yakshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Qizilqum» (Zarafshon)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

«Nasaf» (Qarshi) – «Guliston» (Guliston)
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), B. Bahromov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

«So`g`diyona» (Jizzax) – «Olmaliq» (Olmaliq)
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), R. Serazitdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), I. Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

«Paxtakor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), M. Majidov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), Sh. Hakimov (Andijon).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

«Metallurg» (Bekobod) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).

«Neftchi» (Farg`ona) – «Sho`rtan» (G`uzor)
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

5 avgust, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).

cola
apex
mib
mib
mib
mib