O`zbekiston Kubogi, yarim final: «Bunyodkor» – «Lokomotiv»ni Tseytlin boshqaradi

29.07.2013

O`zbekiston Kubogi, yarim final: «Bunyodkor» – «Lokomotiv»ni Tseytlin boshqaradi

O`zbekiston Kubogi yarim final uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.

30-31 iyul kunlari 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi yarim final dastlabki o`yinlari bo`lib o`tadi. Seshanba kuni «Paxtakor» o`z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qilsa, chorshanba kuni Kubokning amaldagi sohibi – «Bunyodkor» «Lokomotiv» bilan orani ochiq qiladi.

«Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvini Valentin Kovalenko boshqarib borsa, «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o`rtasidagi «Toshkent derbisi» Vladislav Tseytlinga ishonib topshirildi.

O`zbekiston Kubogi-2013
Yarim final, dastlabki uchrashuvlar
30 iyul, seshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), B. Namozov (Toshkent).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).

31 iyul, chorshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), H. Ro`ziev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent).
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib