5-10 avgust kunlari 1979 yilgi aviahalokatda hayotdan ko`z yumgan jamoa xotirasiga bag`ishlab, «Xotira qanotlari» turniri bo`lib o`tadi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xalqaro musobaqada MDHdagi boshqa mamlakatlardan ham jamoalar ishtirok etishadi. Musobaqada 16 jamoa qatnashadi.
Musobaqa uchrashuvlari «Chilonzor» stadionida bo`lib o`tadi. Undada 1998-99 yillarda tug`ilgan yosh futbolchilar o`zaro bellashadi.