Artur Gevorkyan va Ro`ziqul Berdiev - iyun oyi laureatlari!

10.07.2013

Artur Gevorkyan va Ro`ziqul Berdiev - iyun oyi laureatlari!

O`zbekiston chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida 2 iyul, kuni boshlangan so`rovnoma 7 iyul kuni yakuniga etdi. So`rovnoma natijalariga ko`ra, jurnalistlar jami 8 nafar murabbiy va 12 nafar futbolchiga ovoz berishdi.

Jurnalistlar tomonidan O`zbekiston Birinchiligi jamoasi - «Mash`al»ni boshqarayotgan Aleksandr Xomyakov «Oy murabbiyi», shuningdek «Mash`al» futbolchisi Jahongir Abdumo`minov va «Andijon» hujumchisi Temur Hakimov kabi futbolchilarning «Oy o`yinchisi» nomiga da`vogar sifatida ko`rsatilgani e`tiborga molik.

«Oy o`yinchisi» nomi uchun kurashda Qarshining «Nasaf» klubi sardori Artur Gevorkyan katta ustunlik bilan g`olib chiqdi. Qarshining «Nasaf» jamoasi iyun oyida o`tkazilgan uchrashuvlarning barchasida g`alaba qozondi. Oliy Liganing 12-tur uchrashuvida esa, o`z maydonida «Qizilqum» ustidan o`ta yirik - 7:1 hisobida g`alaba qozonilgan uchrashuvda Artur Gevorkyan navbatdagi xet-trikini qayd etdi. Ta`kidlash lozim, turkmanistonlik futbolchi may oyi so`rovnomasida ham «Oy o`yinchisi» nomini qo`lga kiritgan edi.

Samarqandning «Dinamo» klubi a`zosi Sirojiddin Sayfiev esa, iyun oyining eng yaxshi futbolchilari ro`yxatida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ta`kidlash lozim, Mart oyida tengsiz deb topilgan Farhod Tojiev iyun oyi so`rovnomasida uchinchi bo`ldi.

«Oy murabbiyi» nomi uchun kurashda iyun oyida ham «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdievga teng keladigan mutaxassis topilmadi. Qashqadaryolik mutaxassis eng yaqin ta`qibchisi Hakim Fuzaylovni («Lokomotiv»)ni 12 ballga ortda qoldirib, 25 ball to`plashga muvaffaq bo`ldi.

Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi iyun oyi kuchli beshligi:
1. Artur Gevorkyan («Nasaf») – 25 ball.
2. Sirojiddin Sayfiev («Dinamo» Samarqand) – 10 ball.
3. Farhod Tojiev («Lokomotiv») – 9 ball.
4. Aleksandr Pishur («Bunyodkor») – 8 ball.
5. Azamat Olloniyozov («Nasaf») – 5 ball.

«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi iyun oyi kuchli beshligi:
1. Ro`ziqul Berdiev («Nasaf») – 25 ball.
2. Hakim Fuzaylov («Lokomotiv») – 12 ball.
3. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor») – 11 ball.
4. Igor Shkvirin («Olmaliq») – 7 ball.
5. Aleksandr Xomyakov («Mash`al») – 7 ball.

Qo`shimcha sifatida:
-
Artur Gevorkyan va Ro`ziqul Berdiev – may oyi laureatlari
-
Akmal Xolmatov va Mirjalol Qosimov – aprel oyi laureatlari

 

 

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib