8 iyul kuni O`zbekiston Kubogi chorak finali javob uchrashuvlari doirasida 3ta uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu o`yinlardan so`ng O`zbekiston Kubogining bu yilgi mavsumi yarim finaliga yo`l olgan barcha jamoalarning nomi ma`lum bo`ldi.
O`zbekiston kubogi ¼ final
Javob o`yini. 8 iyul (dushanba)
«Mash`al» (Muborak) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 0:2
Gollar: O. Zoteev (36), A. Pishur (85)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), X. Mirzaaxmedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Dastlabki o`yin – 1:1.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon) - 1:0 (asosiy vaqt, qo`shimcha vaqtda - 1:0)
Gollar: V. Karpenko (39), D. Raxmatullaev (114)
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Dastlabki o`yin – 0:1.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Guliston» (Guliston) - 4:0
Gollar: B. Miladinovich (26), T. Abduholiqov (30, 41), I. Mamatkazin (87)
Hakamlar: A. To`xtasinov (Andijon), N. Ro`zimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Dastlabki o`yin – 3:1.
O`zbekiston Kubogi-2013 yarim final bahslari dastlabki uchrashuvlari 30-31 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Javob o`yinlari esa, 21-22 avgust kunlariga belgilangan. Yarim finalning ilk o`yinlarini o`zida qabul qiladigan jamoalarni O`zPFL 11 aprel, payshanba kuni alohida qur`a tashlash yo`li bilan aniqlaydi.
O`zbekiston Kubogi-2013. Yarim final juftliklari:
«Lokomotiv» (Toshkent) - «Bunyodkor» (Toshkent)
«Nasaf» (Qarshi) - «Paxtakor» (Toshkent)