28 iyun kuni Oliy Liga 12-tur o`yinlariga start berildi. Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z maydonida «Olmaliq»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g`alaba qozondi.
O`yinning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limning 58-daqiqasida esa chempionat to`purari - Farhod Tojiev «Olmaliq» darvozasini ishg`ol qildi va bu hisob o`yin yakuniga qadar o`zgarmadi.
O`yin yakuniga etgach har ikkala klub murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.
Xakim Fuzaylov: «Olmaliq» klubi hamma o`yinlarda raqiblarini ayab o`tirmayapti. Bunday klublar bilan o`yin oson bo`lmaydi. Ivan Nagaevda bir necha imkoniyatlar bo`ldi, ammo foydalana olmadi. Asosiysi imkoniyatlarning borligi. Natija keyin keladi».
Igor Shkvirin: «Umuman olganda ikki jamoaning ham ko`rsatgan o`yini menga yoqmadi. Meni jamoamga bugun nima bo`ldi tushunmadim. Qanotlarimiz umuman bugun men kutgandek o`yin namoyish etmadi. Bugun passiv o`yin namoyish etdik. »
«LOKOMOTIV» – «OLMALIQ»- 1:0 (0:0). 1623 tomoshabin.
GOL: Farxod Tojiev (58)
Ogoxlantirishlar: Salim Mustafoev 20, Ivan Nagaev 56 - Maqsatmurod Shomuradov 37
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent. vil), R. Kopadze (Farg`ona).
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 8. Akmal Xolmatov, 10. Farhod Tojiev (16. Jasur Hasanov 85), 17. Salim Mustafoev, 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 22. Sherzod Sharipov, 23. Ivan Nagaev, 29. Viktor Karpenko (7. Sadriddin Abdullaev 72) , 30. Dilshod Jabborov, 77. Sanjar Tursunov.
Zaxirada qolganlar: (12. Timur G`aniev, 6. Dilshod Rahmatullaev, 9. Zayniddin Tojiev, 18. Pavel Smolyachenko, 41. Quvondiq Ro`ziev).
«Olmaliq»: 1. Maqsatmurot Shomurodov, 2. Timur Kagirov, 3. Azamat Isroilov, 5. Evgeniy Gogol, 7. Doston Abdurahmonov, 11. Zohir Pirimov (19. Ma`rufxon Murodov 76), 13. Igor Petkovich, 14. Isroil Ergashev (6. Akmal Rustamov 46.), 20. Darko Stanoevich, 21. Shaxboz Erkinov (9. Zafar Polvonov 59), 22. Sanjar Shoahmedov..
Zaxirada qolganlar: 16. Umidjon Xonimqulov, 15. Bahrom Yuldashev, 17. Ma`murjon Abdullaev, 18. Samandar Shodmonov.