Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

27.06.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga
«Sho`rtan»ga qarshi 11-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgandan so`ng raqib oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
«Sho`rtan»ga qarshi 11-tur uchrashuvida o`yin hakami sha`niga no`maqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Navbaxor» murabbiyi Ahmad Holmirzaev, 3 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Zarafshon-PFK»ga qarshi 16-tur o`yinida hakam yordamchisi sha`niga no`maqul fikrlarni bildirgani uchun «Registon» murabbiyi Aladdin Maxadinov, 3 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Lokomotiv-BFK»ga qarshi 16-tur o`yinida raqib yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan «Oqtepa» hujumchisi Beruniy Abdunabiev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Xotira-79»ga qarshi 18-tur o`yinida o`yin hakami sha`niga no`maqul fikrlarni ishlatgani uchun «Qo`qon-1912» himoyachisi Aleksandr Kritinin 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Lokomotiv-BFK»ga qarshi 18-tur o`yinida o`yin hakami sha`niga no`maqul fikrlarni ishlatgani uchun «Yangier» yarim himoyachisi Sharofjon Aytboev 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib