Farhod Tojiev to`purarlar poygasida yakkapeshqadam bo`lib oldi

26.06.2013

Farhod Tojiev to`purarlar poygasida yakkapeshqadam bo`lib oldi

Oliy Liganing joriy mavsumi 11-turidan o`rin olgan «Guliston»ga qarshi uchrashuvda Toshkentning «Lokomotiv» klubi 5:1 hisobida g`alaba qozondi, jamoa hujumchisi Farhod Tojiev esa xet-trikni rasmiylashtirib, musobaqa to`purarlari poygasida yana peshqadam bo`lib oldi.

Tojievning to`purarlar poygasidagi eng asosiy raqibi –Aleksandr Pishchur ham ushbu turda o`zini ko`rsatishga muvaffaq bo`ldi. «Bunyodkor»ning ukrainalik hujumchisi «Metallurg» darvozasiga bitta gol urdi (uchrashuv 3:0 hisobida toshkentliklar g`alabasi bilan yakuniga etgan) va 11-turdan so`ng 10ta gol bilan to`purarlar bahsida ikkinchi o`rinda bormoqda.

E`tiborli tomoni, Farhod Tojiev joriy chempionatdagi atigi ikkinchi xet-trik muallifiga aylandi. Bungacha musobaqa 1-turida «So`g`diyona»ga qarshi uchrashuvda aynan «Bunyodkor» hujumchisi Aleksandr Pishchurgina raqib darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo`lgandi.

Oliy Liga-2013 to`purarlari (11-turdan so`ng)
Farhod Tojiev («Lokomotiv») – 15
Aleksandr Pishchur («Bunyodkor») – 10
Ilhom Shomurodov («Nasaf») – 6
Evgeniy Gogol («Olmaliq») – 5
Vohid Shodiev («Buxoro») – 5
Dilmurod Karimov («Metallurg») – 5
Ro`zimboy Ahmedov («Navbahor») – 5

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib