O`zbekiston Kubogi - 2013: «Bunyodkor» o`z maydonida «Mash`al» bilan durang o`ynadi

25.06.2013

O`zbekiston Kubogi - 2013: «Bunyodkor» o`z maydonida «Mash`al» bilan durang o`ynadi

25 iyun kuni O`zbekiston Kubogi ¼ final doirasida yana ikki uchrashuv bo`lib o`tdi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi safarda «Guliston» ustidan irodali g`alabaga erishgan bo`lsa, o`tgan yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi - Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonnida Muborakning «Mash`al» klubi bilan 1:1 hisobida durang o`ynadi.

O`zbekiston Kubogi. ¼ final.
Dastlabki o`yinlar. 25 iyun (seshanba)

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak) – 1:1. 816 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent vil.), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: B. Pardaev (40) – D. Abdumo`minov (22).
Ogohlantirishlar: J. Ibrohimov (74) – D. Abdumo`minov (9), S. Quttboev (13), R. A`zamov (59), O. Shukurov (61), M. G`ofurov (65).

«Guliston» (Guliston) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:3. 12268 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), D. Saidov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: A. Shog`ulomov (10) – T. Abduholiqov (24), S. Shixov (51), I. Suyunov (81).
Ogohlantirishlar: B. Akbarov (30), R. Hasanov (88) – D. Xoshimov (68), O. Qilichev (69), S. Rekun (86).

cola
apex
mib
mib
mib
mib