24 iyun kuni O`zbekiston Kubogi doirasida ikki uchrashuv bo`lib o`tdi. Qarshida «Nasaf» Farg`onaning «Neftchi» klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g`alaba qozondi (ikki o`yin natijasiga ko`ra 5:1) va O`zbekiston Kubogi-2013 bahslarining dastlabki yarim finalchisiga aylandi. Eslatib o`tamiz, mazkur jamoalarning ilk o`yini Farg`onada bo`lib o`tgan va unda «Nasaf» 2:0 hisobida g`alaba qozongan edi.
24 iyun kuni shuningdek Zarafshonda «Qizilqum» hamda Toshkentning «Lokomotiv» klublari ¼ finali dastlabik uchrashuvida maydonga tushdilar. O`yinning 30-daqiqasida Andrey Vlasichev tomonidan penaltidan kiritilgan gol, «Qizilqum»ga minimal hisobdagi g`alabani keltirdi.
O`zbekiston Kubogi. ¼ final.
Javob o`yini. 24 iyun (dushanba)
«Nasaf» (Qarshi) – «Neftchi» (Farg`ona) – 3:1. 3115 tomoshabin.
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: Z. Abdullaev (19, 62), Sh. Gadoev (75) – S. Soibov (72).
Dastlabki o`yin – 2:0.
Dastlabki uchrashuv. 24 iyun (dushanba)
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:0. 3154 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kenjaev (Navoiy).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gol: A. Vlasichev (30 penalti).
25-daqiqada Z. Tojiev («Lokomotiv») penaltini amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: F. Shotursunov (44), F. Haydarov (90+3) – I. Tuxtaxo`jaev (44).