Bugun, 14 iyun, juma kuni O`zbekiston Kubogi chorak final bosqichi doirasida dastlabki o`yin o`tkaziladi.
Farg`onada «Neftchi» Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qiladi. O`yin 18:00da boshlanadi. Eslatib o`tamiz, ushbu juftlikning javob uchrashuvi 24 iyunga belgilangan.
O`zbekiston Kubogi-2013
Chorak final, dastlabki uchrashuv
14 iyun, juma
«Neftchi» (Farg`ona) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), T. To`xtasinov (Andijon).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent)