Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

13.06.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi majlisi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
«Guliston»ga qarshi 9-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibi yuziga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatigan «Metallurg» hujumichisi Jasur Boboev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Buxoro»ga qarshi 9-tur uchrashuvida zaxira hakamini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» darvozaboni Viktor Mochalov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Lokomotiv»ga qarshi 10-tur uchrashuvida jamoadoshi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» darvozaboni Eldor Tojiboev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Xotira-79»ga qarshi 12-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» bosh murabbiyi Azamat Abduraimov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Spartak»ga qarshi 12-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro-2» hujumchisi Azizbek Shabanov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Zomin»ga qarshi 13-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» hujumchisi Murod Bobojonov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Spartak»ga qarshi 14-tur uchrashuvida raqibiga tupurgani uchun maydondan chetlatilgan «G`allakor-Avtomobilchi» yarim himoyachisi Abdurasul Abdug`aniev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Zarafshon-PFK»ga qarshi 14-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibiga qo`l bilan qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Alanga» hujumchisi Ravshan Narzullaev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Alanga»ga qarshi 14-tur uchrashuvida raqibiga oyoq bilan qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgani uchun maydondan chetlatilgan «Zarafshon-PFK» yarim himoyachisi Sherzod Fayzullaev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Lokomotiv-BFK»ga qarshi 14-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Qo`qon-1912» yarim himoyachisi Bahodir Akramov 2ta uchrashuvga diskvalifitsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Orol»ga qarshi 15-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro-2» darvozaboni Bahodir Yigitaliev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Zarafshon-PFK»ga qarshi 15-tur uchrashuvida raqibi yuziga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «G`allakor-Avtomobilchi» himoyachisi Marat Hoshimov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Xotira-79»ga qarshi 15-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Chust-Paxtakor» yarim himoyachisi Mirzohid Mahkamov 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib