O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich «Sharq» mintaqasi 19-turi doirasidagi «Kosonsoy» – «Paxtakor-2» uchrashuvi 27 iyundan 26 iyunga ko`chirildi.
Ushbu o`zgarish «Paxtakor» PFKning Yoshlar Birinchiligi va O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalaridan jami 12 nafar futbolchining O`zbekiston yoshlar terma jamoasi jalb etilishi munosabati bilan amalga oshirildi.