Oliy Liga: «Paxtakor» «Guliston»ni mag`lub etdi

02.06.2013

Oliy Liga: «Paxtakor» «Guliston»ni mag`lub etdi

Oliy Liga 10-tur uchrashuvlarini «Paxtakor» va «Guliston» o`rtasidagi o`yin yakunlab berdi.

1 iyun kuni amaldagi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» o`z maydonida mavsum debyutantlaridan biri – «Guliston»ni qabul qildi. «Paxtakor» stadionida o`tgan o`yin 2:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan ikkala gol ham debyutdayoq «Guliston» darvozasidan joy oldi. Jumladan, hujumchi Temurxo`ja Abduxoliqov 2-daqiqadayoq hisobni ochgan bo`lsa, oradan etti daqiqa o`tib Dilshod Sharofutdinov «Paxtakor»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ushbu g`alaba «Paxtakor»ni uchinchi o`ringa olib chiqdi – jamoa 27 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilayotgan «Bunyodkor»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. «Guliston» esa 14 ochko bilan 6-o`rinni band etib turibdi.

Oliy Liga, 10-tur uchrashuvi
1 iyun, shanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Guliston» (Guliston) – 2:0. 3820 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), O. To`ychiboev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Komissar: F. Magametov.
«Paxtakor»: 23. Aleksandr Lobanov, 3. G`ulom O`runov, 4. Boyan Miladinovich (sardor), 5. Akbar Ismatullaev (18. San`at Shixov, 66), 24. Davron Hoshimov, 7. Kaxi Maxaradze, 26. Dilshod Sharofetdinov, 6. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 34. Oybek Qilichev (37. Abdulloh Olimov, 75), 9. Temurxo`ja Abduxoliqov (2. Igor Rogovanov, 85).
Zaxirada qolganlar: 1. Nikita Ribkin, 21. Ildar Mamatkazin, 39. Bahodir Mirzarahimov, 50. Javohir Sohibov.
«Guliston»: 16. Xislat Chilmatov, 18. Bobur Akbarov, 21. Mirjalol Qurbonov (10. Zafar Qoraqulov, 68), 3. Akbar Sattaev, 2. Ibrohim Rahimov, 23. Sarvar Jo`raev (sardor), 25. Elyor Jahonov (4. Jasur Otajonov, 80), 7. Robbim Hasanov, 15. Sobir Usmonxo`jaev (9. Xurshid Yo`ldoshev, 64), 11. Nosir Otaqo`ziev, 17. Alisher Shog`ulomov.
Zaxirada qolganlar: 1. Ilhom Jumanov, 19. Rustam Qodirov, 20. Alisher Ergashev, 27. Konstantin Boev.
Gollar: T. Abduxoliqov (2), D. Sharofutdinov (9).
Ogohlantirishlar: M. Xolmuhamedov (60) – M. Qurbonov (55), S. Jo`raev (65), E. Jahonov (68), R. Hasanov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: T. Abduxoliqov – A. Shog`ulomov.

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi:
«Bugungi uchrashuvdan avval tezkor gol urib, zafar quchishni maqsad qilgandik. Gulistonliklarning bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko`rayotganidan xabarimiz bor edi. Dastlabki daqiqalardan hujumga tashlandik va ikki bor gol urdik. Keyin bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbolchilarni o`z saviyasidan yuqoriga ko`tarib bo`lmaydi. Hujumchilar to`g`risida shunday deyishim mumkin. Mashg`ulotlarda ming ishlaganing bilan har bir holatdan gol uradigan qilish qiyin.

Imkoniyatlardan kelib chiqadigan bo`lsak, bugungi o`yin saviyasi va natija meni qoniqtirdi. Endi yuzaga kelgan tanaffusda mashg`ulotlarni davom ettiramiz. Yoshlar, milliy terma jamoa yig`inlari va Universiada munosabati bois tarkibimizdagi ko`plab futbolchilar jo`nab ketishadi. Qolgan bir necha o`yinchilar bilan mashg`ulotda ishlaymiz. 10 iyunda nazorat bashida «Dinamo» bilan maydonga tushamiz».

Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi: «Paxtakor»ni bugungi g`alaba bilan tabriklayman. Raqib bugun kuchliroq o`ynadi va g`alaba qozondi. Bugun men shogirdlarimga hujumkor o`yin namoyish etishimizni aytgandim. Shu sababli ham ilk daqiqalardan boshlab ikki hujumchi bilan o`ynadik. Balki, mana shu holat ham mag`lubiyatga olib kelgandir. Ammo yigitlarni bugungi mag`lubiyatda ayblay olmayman. Ular bugun qo`llaridan kelganicha o`ynashdi. «Paxtakor»ga qarshi safarda o`ynash bilan o`z maydonimizda «Metallurg»ga qarshi o`ynashni farqi katta. Biz o`z maydonimizda hujumkor o`yin namoyish etamiz, ammo bugungi raqibimiz safida tajribali va kuchli futbolchilar borligi uchun bugun o`yinimiz chiqmagandir».

cola
apex
mib
mib
mib
mib