Oliy Liga: «Bunyodkor» Farg`onadan g`alaba bilan qaytdi

01.06.2013

Oliy Liga: «Bunyodkor» Farg`onadan g`alaba bilan qaytdi

Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi va mag`lubiyatga uchradi.

31 may, juma kuni Oliy Liga 10-tur uchrashuvlari doirasida musobaqa peshqadami hisoblangan «Bunyodkor» Farg`onada «Neftchi» jamoasi mehmoni bo`ldi. Qiziqarli kechgan bahs 1:0 hisobida toshkentlik futbolchilar foydasiga hal bo`ldi.

O`yindagi yagona gol «Neftchi» darvozaboni Farrux Turdialiev hisobiga yozildi. To`p maydon egalari darvozaboniga tegib, «Bunyodkor»ga muhim g`alabani keltirgan golga aylandi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor» Oliy Ligada peshqadamlikni davom ettirayotgan bo`lsa, «Neftchi» 7 ochko bilan 11-o`rinni egallab turibdi.

«Neftchi» (Fergana) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:1. 6035 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), B. Yulcharaev (Gulistan).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Komissar: V. Lyotkin.
Gol: F. Turdaliev (64, avtogol).
Ogohlantirishlar: O. Isroilov (28), D. Ermatov (59), F. Turdaliev (64), S. Mirzaev (75) – X. Karimov (25), M. Blajich (37), A. Pishchur (65).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – I. Nesterov.

Uchrashuvdan so`ng
Evgeniy Shoxin, «Neftchi» bosh murabbiyi: «Bugun shogirdlarim yaxshi o`yni namoyish etishdi. Lekin omadimiz kelmadi. Bizda gol urish uchun bir nechta vaziyatlar bo`ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Mehmonlar ham g`alaba qozrnishga harakat qilishdi».

Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «O`yin ko`rganingizdek, shiddatli o`tdi. Birinchi taymda teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi bo`limda o`yinni kuchaytirdik va g`alaba qozondik. Gol kiritgan vaziyat borasida shuni aytishim mumkinki, to`p darvozabonga tegib darvoza turidan joy oldi. Farg`onada har doim o`ynash og`ir bo`lgan. Bugun ham shunday bo`ldi».

cola
apex
mib
mib
mib
mib