Oliy Liga: «Nasaf» Jizzaxdan g`alaba bilan qaytdi

01.06.2013

Oliy Liga: «Nasaf» Jizzaxdan g`alaba bilan qaytdi

Oliy Liga 10-tur uchrashuvlari doirasida Zominda «Nasaf»ni qabul qilgan «So`g`diyona» 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O`tgan turda «Dinamo»ni 4:3 hisobida mag`lubiyatga uchratgan «So`g`diyona» 31 may kuni «Nasaf»ni qabul qildi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari ham, xuddi jizzaxliklar kabi, 9-turda g`alaba qozonishgan, Qarshida o`tgan uchrashuvda mavsum peshqadamlaridan biri – «Lokomotiv» 2:1 hisobida taslim etilgan edi.

Zominda o`tgan bahsda omad «Nasaf» futbolchilariga kulib boqdi. Shohruh Gadoev va Azamat Allaniyozov tomonidan birinchi bo`limda kiritilgan ikki gol qashqadaryolik futbolchilarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g`alaba «Nasaf»ni kamida bir kunga kuchli uchlikka olib kirgan bo`lsa, 10 uchrashuvdan so`ng ochkolari soni 10tani tashkil etayotgan «So`g`diyona» Oliy Liga jadvalida 10-o`rinni band etib turibdi.

Oliy Liga, 10-tur uchrashuvi
31 may, juma
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:2. 4868 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), A. Choriev (Termiz).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodulla Ibrohimov (17.Sanjar Rashidov, 60), 4.Asil Begimqulov, 5.Ilyos Qurbonov, 6.Murodjon Toshmatov, 9.Xurshid Yo`ldoshev, 13.Jalil Kimsanov ( 25.Sardor Qahhorov 18; 21.Akmal Abdurahmonov, 46), 19.Siroj Hamroev, 22.Orif Mamajonov, 24.Elyor Oripov, 41.Ayubxon No``monov.
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 7.Rasul Hayitov, 14.Renat Bayramov, 20.Durbek Umaraliev.
«Nasaf»: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev, 15.Zohid Abdullaev (34.Farrux Sayfiev,69), 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 22.Shohruh Gadoev ( 33.Odil Hamrobekov, 90), 27.Ilhom Yunusov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov, 41.Azamat Allaniyozov (77.Suhrob Ne`matov,81).
Zaxirada qolganlar: 1.Mixail Naumov, 3.Rahmatilla Berdimurodov, 8.Mirzakamol Kamolov, 19.Eldor Boymatov.
Gollar: Sh. Gadoev (10), A. Allaniyozov (38).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melenchuk – Sh. Gadoev.

Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi:
«Bugungi uchrashuv shuni ko`rsatdiki, «Nasaf» «So`g`diyona»dan ancha ustun va kuchli. Uchrashuv davomida tashabbus biz tomonda bo`ldi desak hato bo`lmas. Eng asosiysi biz haqli g`alaba qozondik va safarda 3 ochkoga ega bo`ldik».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Nasaf»ning qanchalik kuchli jamoa ekanini oldindan bilgan edik. Lekin men bilardimki jamoamizda qachondir pasayish ko`zga tashlanishini. «Dinamo» bilan bo`lib o`tgan o`yin ogohlantirish vazifasini o`tagandi. Bugungi uchrashuvga yigitlarni ruhiy tomondan tayyorlar olmadik. Buning o`z sabablari bor. Birinchi sababi bu o`zimizning ichki muammolarimiz. Ikkinchisi esa bir qator etakchi futbolchilarimizning jarohatdan qutula olmaganliklari.Bularni mag`lubiyat uchun sabab deyish balki noto`g`ridir. Men bugungi mag`lubiyatdagi barcha aybni o`z bo`ynimga olaman».

cola
apex
mib
mib
mib
mib